Ukraina razvedkachilari Qrim yarimorolida terakt uyushtirmoqchi bo‘ldi

© Sputnik / Aleksandr Polegenko / Mediabankka o‘tishRossiya va ukraina chegarasidagi Qrim yozuvi bitilgan stela
Rossiya va ukraina chegarasidagi Qrim yozuvi bitilgan stela - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati Qrim yarimorolida yuz berishi mumkin bo‘lgan teraktning oldini oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘poruvchilik ishlari Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi tomonidan tayyorlangan.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Teraktlar Qrim yarimorolining eng muhim infratuzilmalarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan va bundan maqsad saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish davrida yarimoroldagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarish bo‘lgan, deb xabar qilinadi Rossiya FXX rasmiy saytida.

Qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan buzg‘unchilarni 7-avgustga o‘tar kechasi Armans tumanida aniqlashgan. Ularni qo‘lga olish vaqtida FXXning bir xodimi halok bo‘lgan. To‘qnashuv joyida kuch ishlatish xodimlari tomonidan 20 dona qo‘lbola bomba, portlovchi qurilmalar topilgan. Qurollarning barchasi Ukraina armiyasi maxsus bo‘linmalariga qarashli ekanligi aytilmoqda.

Ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari olib borilmoqda.

Qrim yarimorolida hamda Ukraina chegarasida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0