Rossiya BMTda Ukrainaning Qrim haqidagi taklifiga veto qo‘ydi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishBMT Xavfsizlik kengashi
BMT Xavfsizlik kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Ukrainaning Qrim yarim orolini Rossiyaning Janubiy Federal okrugi tarkibiga qo‘shilishiga qarshi kiritilgan taklifiga veto qo‘ydi.

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Rossiya delegatsiyasi Ukrainaning BMT Xavfsizlik kengashiga Qrim yarim orolini Rossiyaning Janubiy Federal okrugi tarkibiga qo‘shilishiga qarshi kiritilgan taklifiga veto qo‘ydi.

Bundan bir necha kun oldin, Vladimir Putin Qrim Federal okrugini Janubiy Federal okrug tarkibiga qo‘shib olish haqida qaror qabul qilgan edi. Yangi tashkil qilingan okrug tarkibiga Adigeya, Kalmikiya respublikalari, Krasnodar o‘lkasi, Astraxan, Volgograd va Rostov viloyatlari kirdi.

Kiyev BMT Xavfsizlik kengashiga Rossiyada yangi tashkil qilingan federal okrugni yo‘q qilish taklifi bilan chiqdi. Ularning fikriga ko‘ra ushbu okrug Ukraina territoriyasini o‘z ichiga olgan ekan.

Ukrainaning BMTdagi elchisi Vladimir Yelchenko Rossiya prezidenti qarorini “noqonuniy” va Rossiya delegatsiyasining harakati haqida “biz buni kutgan edik” dedi.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilning mart oyida o‘tkazilgan referendumda Qrim yarim orolida yashovchi 96,77 % aholi Qrimning Rossiyaga qo‘shilish tarafdori bo‘lgan edi. Shundan keyin Qrim Yarim oroli Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0