TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Afg‘oniston hukumati “Islom davlati” va “Tolibon” terrorchilik guruhlariga qarshi kurash uchun Rossiyadan bemminat yordam olishga umid qilmoqda, deb xabar qiladi RIA Novosti “Izvestiya” gazetasi xabariga asosan.
Xususan, Afg‘oniston rahbariyati Rossiyadan Mi-35 zarba beruvchi vertolotlarini bepul yetkizib berishga umid qilmoqda, deb yozadi nashr afg‘on tashqi siyosati vakillari xabariga asosan.
Dushanba kuni Wall Street Journal gazetasi, mahalliy mansabdor shaxslar xabariga asoslanib, Afg‘oniston sharqida ID va “Tolibon” terrorchi guruhlari birlashganini xabar qildi.
“Oxirgi bo‘lib o‘tgan voqealarni hisobga olgan holda, Qobul Moskvadan zamonaviy zarba beruvchi qurol-yarog‘ning ma’lum turlarini talab qilishni rejalashtirigan”, - deb yozadi “Izvestiya” nashri.
Gazeta manbaining fikriga ko‘ra, agar ID va “Tolibon” haqiqatdan ham birlashgan bo‘lsa, bu Afg‘oniston hukumati vakolatiga putr yetkizadi va butun O‘rta Osiyo hududi xavfsizligiga tahdid soladi.
“Moskva uchun ushbu hududda tinchlik bo‘lishi juda muhim ahamiyatga ega, shuning uchun ushbu vaziyatda Qobul o‘z do‘stlaridan yordam so‘rash huquqiga ega. Gap harbiy operatsiya boshlash haqida ketayotgani yo‘q. Rossiya tomonidan imkoni qadar kam yordam, bu – qurol-aslaha yetkizib berish”, — deb manbaaning so‘zini keltiradi nashr.
Biroz oldin, Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, TIV 2g‘departamenti direktori Zamir Qobulov, Afg‘onistonga Mi-35 zarba beruvchi vertolotlari yetkizib berish masalasini muhokama qilinayotgani haqida xabar bergan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, Qobul ushbu harbiy texnikani “imkon qadar bepul” olishga harakat qilayotganini, Moskva esa faqat “tijorat shartnomasi asosida” ishlashga tayor ekanligini ta’kidlagan edi.
Afg‘onistonda oxirgi bir necha oy davomida “Islom davlati” terrorchilik guruhi ta’siri kuchayib bormoqda. O‘tgan bir necha oy davomida ID tomonidan mamlakat hududida yuzlab kishilarning umriga zomin bo‘lgan bir necha teraktlar amalga oshirildi.
O‘tgan hafta Pokistondan Rossiyaga ta’mirlash uchun yo‘l olgan vertolot Afg‘oniston hududida favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgani va Tolibon vakillari uning ekipajini asirga olganihaqida xabar bergan edik. Ushbu vertolotda bir Rossiya fuqarosi bo‘lganini Rossiya TIV tomonidan tasdiqlangan edi.