Hodisalar

Buxoroga yoʻl olgan Mi-17 vertolyoti Afgʻonistonda favqulodda qoʻndi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka oʻtishVertoletы Mi-17
Vertoletы Mi-17 - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston orqali Rossiyaga yoʻl olgan Pokiston vertoleti Afgʻoniston hududida favqulodda qoʻnishga majbul boʻlgan.

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Pokistonning Mi-17 vertolyoti Afgʻonistonda favqulodda qoʻnishga majbur boʻlgan. Pokiston generali Asim Bajavaning soʻzlariga qaraganda, ushbu vertolyot Oʻzbekiston orqali Rossiyaga taʼmirlash uchun kelayotgan boʻlgan.

Dunya News telekanali xabariga koʻra,  vertolyotda 7 kishi boʻlgan, ulardan olti nafari Pokiston fuqarolari bir kishi esa – Rossiya fuqarosi. Telekanal xabariga koʻra vertolyot Oʻzbekistonning Buxoro shahriga yoʻl olgan boʻlgan.

“Bosh shtab boshligʻi Raxil Sharif general Afgʻonistondagi NATO missiyasi generali Jon Nikolsonga qoʻngʻiroq qilib, undan ekipaj aʼzolarini qutqarishda keskin yordam soʻragan. Panjob hukumatiga qarashli boʻlgan vertolyot Oʻzbekiston orqali Rossiyaga taʼmirlash uchun kelayotgan boʻlgan”, — deyilgan general Bajavaning xabarida.  

Oʻz oʻrnida general Nikolson, NATO imkon qadar yordam berishini tasdiqlagan. Shu bilan bir vaqtda Pokiston hukumati Afgʻoniston hukumati va armiyasi yordamini ham soʻrashgan.

Yangiliklar lentasi
0