TOSHKENT, 27 apr – Sputnik. Rossiya va Afgʻoniston harbiy-texnik hamkorlikni kuchaytirish va terrorchilikka qarshi birga kurashishni rejalashtirgan, dedi Afgʻoniston Mudofaa vazirning vazifasini bajaruvchi Muhammad Masum Stanekzay Rossiya MV Sergey Shoygu bilan uchrashuvdan keyin.
“Bir necha aniq qadamlar muhokama qilindi: Afgʻoniston harbiylarini Rossiya hududida tayorlash, dastlabki maʼlumotlar bilan almashish, harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil qilish”, — deb hisobladi Stanekzay.
Stanekzayning soʻzlariga qaraganda, Rossiya va Afgʻoniston Mudofaa vazirlari “Xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda kuchlarni birlashtirish” tarafdori.
“Uchrashuv iliq muhitda oʻtdi. Biz Rossiya mudofaa vaziri bilan xalqaro terrorchilikka qarshi kurash masalalarini muhokama qildik va umumiy tushunish nuqtalarini topdik… Afgʻonistonda tinchlikning yoʻqligi butun hudud xavfsizligiga tahdid solishi mumkin”, — dedi Stanekzay.