O‘zbekiston Internet eng qimmat bo‘lgan davlatlar beshligida

© Sputnik / collage/Vladimir TrefilovPlanshet
Planshet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Aloqada bo‘l" internet-loyihasi analitiklari dunyoning YaIM hajmi eng katta bo‘lgan 100 davlatida Internet tariflari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdilar.

TOShKENT, 4 agv — Sputnik. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nima uchun Internet haqi turli davlatlarda har-xil baholanadi? "Aloqada bo‘l" internet-loyihasi analitiklariga shu savol tinchlik bermagani uchun, ular dunyoning YaIM hajmi eng katta bo‘lgan 100 mamlakatlarda simli Internet tariflari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdilar. Buning uchun har bir davlatning eng old ikki yetakchi-operatorlaridagi narxlar asos qilib olindi.

Internetda ishlash - Sputnik O‘zbekiston
Abonentlarning “internet sayohati” haqidagi ma’lumotlar uch oy saqlanadi
Misol uchun, Rossiyadan "Rostelekom" va "ER-Telekom" olingan bo‘lsa, Ispaniyadan — Telefonica/Orange, Germaniyadan esa — T-Mobile (Deutsche Telekom) va Vodafon. Internet uchun to‘lov narxlari 2016-yil 27-iyul holatiga ko‘ra AQSh dollari kursiga o‘girilgan.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalari esa O‘zbekiston Efiopiya, Angola, Myanma va Turkmaniston davlatlari bilan bir qatorda Internet eng qimmat bo‘lgan mamlakatlar beshligidan o‘rin olganini ko‘rsatdi.

"O‘zbekistonga to‘xtaladigan bo‘lsak, tadqiqotlar mobaynida ko‘rsatilgan narxlar, bizning nazarimizda birmuncha oshirilgan. Bir nechta provayderlar ma’lumotiga ko‘ra (Uzonline, TPS, Sarkor Telecom tarif rejalari tahlilda ko‘rib chiqilgan) o‘rtacha hisobda Internet narxi oyiga 80$ ni tashkil qiladi", — deb xabar qiladi analitiklar.

Loyiha mualliflari bu yerda muammo tezlikda ekanligini aytishgan.

Internet O‘zbekistonning har bir regioniga kirib boradi
"Xalqaro tadqiqot davomida tezligi soniyasiga 10dan 100 Mbitgacha bo‘lgan, cheklovlarsiz trafikka ega Internet tariflari asos qilib olingan edi. O‘zbekistondagi mahalliy provayderlar o‘z abonentlariga bunday tezlikka ega bo‘lgan limitsiz tariflarni taqdim etmas ekan. Mahalliy "internetchilarning" o‘z abonentlari uchun yetkazib bera olishlari mumkin bo‘lgan eng maksimal tezligi — soniyasiga 10 Mbitni tashkil qiladi, xolos", — deb yozadi ular.

Internet eng qimmat bo‘lgan mamlakat bu Efiopiyaligi ma’lum bo‘ldi — oyiga 198$. Ukraina esa Internet eng arzon mamlakat sifatida qayd etildi — oyiga 3,44$. Simli internet tekin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatining 2 o‘rnini esa Rossiya egalladi(oyiga 5,55$).

Internet eng qimmat bo‘lgan mamlakatlar beshligiga Efiopiyadan tashqari Turkmaniston(169$), Angola (166$), Myanma(150$) va O‘zbekiston(144$) kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0