Abonentlarning “internet sayohati” haqidagi ma’lumotlar uch oy saqlanadi

© Sputnik / AlexTikhomirovInternetda ishlash
Internetda ishlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qonunga ko‘ra, O‘zbekiston internet kompaniyalari va uyali aloqa operatorlari abonentlar foydalangan sahifalar haqidagi ma’lumotlarni uch oy davomida saqlashga majbur bo‘ladi.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekiston internet-kompaniyalarini ularning mijozlari internetda amalga oshirayotgan barcha harakatlari haqidagi ma’lumotlarni uch oy davomida saqlashga majburlashadi, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi xabari asosida.

Axborot texnologiyalari sohasidagi yangi qonun loyihasi Davlat xizmatlari yagona portalida muhokamaga chiqariladi. Avgust boshida muhokama yakunlanib, qonun ro‘yxatga olish uchun Adliya vazirligiga yuboriladi.

Yangi qonunda uyali aloqa operatorlari va internet-provayderlarning abonentlarga xizmat ko‘rsatish tartibiga muhim o‘zgarishlar kiritilgan. Xususan, tarmoqqa ma’lumot uzatish faqat abonent shaxsi aniqlanganidan keyin amalga oshiriladi. Abonent shaxsi uning telefon nomeri yoki pasport ma’lumotlariga qarab aniqlanadi. Abonent foydalangan ineternet manbaalar haqidagi ma’lumotlar uch oy davomida saqlanishi majbur bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Axborot texnologiyalari vazirligi, O‘zbekiston internet zonasida  yagona IP adreslar hududi yaratish haqida bo‘yruqni muhokama qilgan edi. Ushbu hujjat iyul oxirida Respublika Adliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuborilishi kutilmoqda.

Rossiyada, yaqin kunlar ichida bundan ham qattiqqo‘lroq qonun qabul qilinishi kutilmoqda. Uning nomi "paket Yarovoy" deyiladi. Deputat Irina Yarovaya tomonidan taklif qilingan ushbu qonun, internet provayderlari va uyali aloqa operatorlarini abonentlarning barcha ma’lumotlarini, kirgan saytlarini, foto va video materiallarini olti oy davomida majburiy saqlashni ko‘zda tutgan. Yangi qonun ayni damda Davlat dumasi, OAVlar va internet va uyali aloqa kompaniyalari orasida jiddiy muhokama qilinmoqda. Deputatlarning ko‘pchilligi va prezident Vladimir Putin ushbu qonunni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0