Internet O‘zbekistonning har bir regioniga kirib boradi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda internet-trafikning 50-55% mamlakat hududida yaratiladi. Elektron hukumat, internet-do‘konlar va raqamli televideniya tizimlari rivojlanishi hisobiga, yuqorida keltirilgan ko‘rsatkich yanada ortishi kutilmoqda.

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. 2018-yil oxiriga kelib O‘zbekistonda aholi orasida internet tarmog‘ining tarqalish darajasi ikki barobarga ortishi kutilmoqda, internet-do‘kon konsepsiyasiga ko‘ra.

2016 yil yakuniga kelib internet tarmog‘i tarqalgan aholi punktlari 30%ni, 2017-yilda — 50%ni, 2018-yilda esa— 65%ni tashkil qiladi.

O‘zbekistonda bugungi kunda internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni 12 milliondan ziyod. Shundan, 11,5 millionga yaqini global tarmoqqa chiqish uchun uyali aloqa vositasidan foydalanadi.

Yaqin kelajakda, shuningdek, TAS-IX ichki tarmoqni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilishi ko‘zda tutilgan. Sputnik muxbiri tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga muvofiq, mutaxassislar fikricha TAS-IX hozirda trafikni kerakli darajada ishlab chiqara olmayapti.

Yangiliklar lentasi
0