Ekspert "S5 + 1" formati haqida: Vashingtonning da’vati yolg‘on-yashiqdan boshqa narsamas

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishTarix fanlari doktori Aleksandr Knyazev
Tarix fanlari doktori Aleksandr Knyazev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert Aleksandr Knyazev bugun kechqurun Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv natijalari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Bugun Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Markaziy Osiyoning 5 nafar TIV rahbarlari ishtirokida "S5 + 1" shaklida uchrashuv o‘tkaziladi. Oq uyning ishontirib aytishiga qaraganda, uchrashuv Rossiya yoki Xitoyga qarshi qaratilmagan.

Sputnik nashri kutilayotgan muzokaralar borasida izoh olish uchun Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert, tarix fanlari doktori Aleksand Knyazevga murojaat qildi.

AQSh "muloyim" ekspansiyani davom ettirmoqda

Ekpert fikricha, rasmiy deklaratsiyalarda nima deb yozilishidan qat’iy nazar, Amerikaning O‘rta Osiyodagi siyosati avval boshdan Xitoy va Rossiya ta’sir doirasiga qarshi turish bo‘lgan va hozir ham shunday.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo TIV rahbarlari 3-avgust kuni AQSh Davlat kotibi bilan uchrashishadi
"Qator ekspertlar AQSh Afg‘onistondagi harbiy harakatlarini kamaytirgach, bu regionga nisbatan qiziqishini yo‘qotdi, deya fikr bildirishadi. Men esa bu fikrga qarshiman, — deb ta’kidladi Knyazev. — Nega deganda, masalan, "S5 + 1" formati singari, qolaversa sal oldin e’lon qilingan "Katta Markaziy Osiyo" va "Yangi Ipak yo‘li" doirasida olib borilayotgan loyihalarning barchasi asta-sekinlik bilan o‘z ta’sirini singdirishga qaratilgan. Bu ishlarning barchasi "yumshoq kuch" ishlatish yo‘li orqali bajarilmoqda — va bu borada amerikaliklar ma’lum bir muvaffaqiyat qozondilar".

Ekspertning aytishicha, AQSh tomonidan amalga oshirilayotgan "yumshoq" ekspansiya ayniqsa Tojikiston va Qirg‘izistonda muvaffaqiyatli kechmoqda. Qozog‘iston va O‘zbekistonda esa bu kutilgan natija bermayapti.

"Ko‘plab yo‘nalishlarda AQSh zafar quchgani sir emas, — deb ta’kidladi Knyazev. — Bunga ta’lim sohasini misol keltirish mumkin. Shuningdek, bu yo‘lda vositachilar ko‘magidan ham unumli foydalanilmoqda. Deylik, Markaziy Osiyodagi turk ta’lim muassasalari yangi elitani yetishtirish vazifasini o‘tamoqda, ular kelgusida o‘z dunyoqarashida (birinchi galda siyosiy dunyoqarashda), Moskva yoki Pekinga emas, balki G‘arbga taqlid qilishga harakat qiladilar".

Yechimi yo‘q muammolar fonida

"Vashingtondagi uchrashuvda biror yorqin yoxud muhim bir voqea ro‘y berishiga shubham bor, — deydi Knyazev. — Negaki, regionda joylashgan davlatlarning manfaatlari bir-biriga zid. Misol uchun, Samarqandda bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda, ya’ni bu format endi tashkil qilinayotgan vaqtda, energetik harajatlar haqida ko‘p va xo‘b gapirilgan. Bu yerda u yoki bu qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan muhit mavjud emas. Bu muammolarni hech kim hal qilmaydi".

S5+1 formatida Samarqandda uchrashuv - Sputnik O‘zbekiston
Kerri va O‘rta Osiyo mamlakatlari "S5+1" hamkorligini ma’qullashdi
Ammo Knyazevning so‘zlariga qaraganda, "S5 + 1" shaklidan biror loyiha haqida xabar qilishda foydalanish mumkin.

"Amerikaliklar o‘z loyihalarida orqali region birligi haqida "tantanavor" e’lon qilishni yaxshi ko‘radilar, ular bunda umumiy tarix, din, madaniyat, regionlarga xos an’anaviy qadriyatlar haqidagi nutqlardan foydalanishadi ko‘pincha, — deydi ekspert. — Aslida esa bularning barchasi yolg‘on-yashiq, uydirmadan boshqa narsamas. Nega deganda, O‘rta Osiyo iqtisodiy va harbiy borada hech qachon birlashmagan. Ularni faqat Chingizxon, Rossiya imperiyasi yoxud Sobiq sovet ittifoqi singari tashqi integratorlar birlashtirgan, xolos".

Yaponiya ularga o‘rnak emas

Ekspertning fikricha, yagona Markaziy-Osiyo regioni degan tushuncha, afsuski, mavjud emas.

"Regionda joylashgan davlatlar manfaatlari bir-biridan tubdan farq qiladi, — deydi Knyazev. — Ushbu regionni o‘zaro jipslashtirib turgan davlatlar — bu O‘zbekiston va Qozog‘iston. Chunki ularning "savdolashadigan" narsalari bor.

Mutaxassis fikriga ko‘ra, Tojikiston va Qirg‘izistonning asosiy muammolaridan biri, bu davlatlar jo‘g‘rofiy "berklik"da joylashgani ham emas. Muammo — Sobiq Ittifoq tuzumi barham topganidan keyingi shu davrgacha bo‘lgan vaqt ichida mamlakatning ichki boshqaruvi mukammal kechmaganligida.

"Tabiiy resurslarga ega bo‘lmay turib, samarali boshqaruv evaziga ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan davlatlar haqida ko‘palb misollarni keltirish mumkin, — dedi Knyazev. — Bu borada Yaponiyani misol keltirish an’anaga aylangan. Ammo, Qirg‘iziston va Tojikistonga bu o‘sish unumdorligi, afsuski, taalluqli emas".

Yangiliklar lentasi
0