Markaziy Osiyo TIV rahbarlari 3-avgust kuni AQSh Davlat kotibi bilan uchrashishadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishAQSh Davlat kotibi Jon Kerri
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda AQSh Davlat kotibi - Jon Kerri, Qozog‘iston TIV rahbari - Yerlan Idrisov, Qirg‘iziston TIV rahbari - Erlan Abdildayev, Tojikiston TIV rahbari - Sirojiddin Aslov va Turkmaniston TIV rahbari - Rashid Meredovlar ishtirok etadilar.

TOShKENT, 30-iyul —Sputnik. 2016-yil 3-avgust kuni Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Markaziy Osiyoning 5 nafar TIV rahbarlari ishtirokida "S5 + 1" formatida uchrashuv o‘tkaziladi. AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Deniyel Rozenblyum ushbu uchrashuvga bag‘ishlangan telefon-brifing chog‘ida OAV xodimlari, shu jumladan, O‘zbekistonlik jurnalistlar savollariga javob berdi, deb xabar qilmoqda review.uz nashri.

AQSh delegatsiyasi Toshkentda Afg‘oniston masalasini muhokama qiladi
Deniyel Rozenblyumning aytishicha, Vashingtonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan uchrashuvni "o‘tgan yil noyabrida Jon Kerrining Markaziy Osiyoga uyushtirgan tarixiy safari chog‘ida Samarqandda boshlangan muzokaralarning davomi" deb hisoblash mumkin.

"Xabaringiz bor-ki, "S5 + 1" formati — bu diplomatik muzokaralar formatidir, ammo biz, uning taraqqiy topishini xohlaymiz. U shunday maqomga ega bo‘lmog‘i kerakki, toki biz bu format doirasida mamlakatlarimiz oldida turgan barcha chaqiriqlar borasida muzokara o‘tkaza olaylik. O‘ylaymizki, kelayotgan haftada chorshanba kuni Vashingtonda o‘tkaziladigan uchrashuv ushbu yo‘nalishda qo‘yilgan muhim odimlardan biri bo‘ladi", — deya ta’kidlagan D. Rozenblyum.

Diplomatning so‘zlariga qaraganda, Samarqandda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida vazirlarning barchasi "S5 + 1" formati manfaatdor mamlakatlar oldida turgan eng keng masala va muammolar uchun forumga aylanishi mumkin, deya ishonch bildirishgan.

Afg‘on jangchilari va Islom davlati jangarilari to‘qnashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston-2016: “ID”, "Tolibon", Xitoy orzulari va Tojikiston xadigi
"Ular uchta asosiy yo‘nalishni belgilab olishgan edi. Birinchi yo‘nalish — bu iqtisod. Markaziy Osiyo iqtisodini koinotning boshqa mintaqalari, va ayni AQSh iqtisodi bilan qay tarzda bog‘lash mumkinligini aniqlamoq lozim. Keyingi yo‘nalish — atrof muhit, va bu yerda bosh masala — koinotdagi iqlim o‘zgarishiga nisbatan hamkorlikda ish olib borish. Va nihoyat, xavfsizlik — bu yo‘nalish doirasida, terrorizmga qarshi kurashning samarali usullarini aniqlamoq lozim, Afg‘onistondagi barqarorlik muammosi ham bundan o‘rin olgan", — degan Rozenblyum.

Rozenblyumning ta’kidiga qaraganda, Samarqandda bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvdan so‘ng yuqorida sanab o‘tilgan uch yo‘nalish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilgan. Bu guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan tegishli loyihalar Vashingtonda o‘tkaziladigan uchrashuvda muhokama qilinadi.

"Bizning rejaga muvofiq, kelayotgan chorshanbada hamkorlikda tayyorlangan beshta loyiha taqdim etiladi. Agar ular vazirlar tomonidan ma’qullansa, loyihalar haqida to‘liq ma’lumotlar ommaga e’lon qilinadi", — deb xabar qilgan Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha AQSh Davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari.

Bo‘lib o‘tgan brifing davomida Deniyel Rozenblyum, fursatdan foydalanib, Markaziy Osiyoning besh davlatini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik ayyomining qutlug‘ 25-yilligi sanasi bilan muborakbod etgan.

Yangiliklar lentasi
0