TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Samarqanddagi "Forumlar majmuasi"da O‘rta Osiyoning besh mamlakati Tashqi ishlar vazirlarining AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, O‘zbekiston TIV xabari asosida.
Uchrashuvni O‘zbekiston TIV Abdulaziz Kamilov ochdi. Uchrashuvda AQSh davlat kotibi Jon Kerri, Qozog‘iston TIV Erlan Idrisov, Qirg‘iziston TIV Erlan Abdildayev, Tojikistan TIV — Sirodjiddin Aslov va Turkmaniston TIV — Rashid Meredovlar qatnashdi.
Vazirlar O‘rta Osiyo plyus AQSh ko‘rinishidagi xalqaro hamkorlikning istiqbollari va siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy – gumanitar sohalarda aloqalar haqida kelishib olishdi. Regional xavfsizlik va Afg‘onistondagi vaziyat ham e’tibordan chetda qolmadi.
Uchrashuv natijasida AQSh va besh O‘rta Osiyo mamlakati birlashgan sheriklik va hamkorlik deklaratsiyasi tuzishdi. Tomonlar umumiy muammolarni hal qilish uchun ushbu olti mamlakat vakillari "S5+1" formatida doimiy ravishda uchrashib turishini ma’qullashdi.