AQSh delegatsiyasi Toshkentda Afg‘oniston masalasini muhokama qiladi

Obuna bo‘lish
AQShning Afg‘oniston va Pokiston munosabatlari bo‘yicha maxsus vakili o‘rinbosari Lorel Miller boshchiligidagi rasmiy delegatsiyasi Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilish maqsadida Toshkentga tashrif buyurdi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. AQShning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakilining birinchi o‘rinbosari Lorel Miller chorshanba kuni Toshkentga keldi. Bu haqda RIA Novostiga Toshkentdagi AQSh elchixonasi ma’lum qilgan.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov: Afg‘oniston Yaqin Sharqdan ekstremistik guruhlarni "tortmoqda"
Toshkent va Vashington maslahatlashuv doirasida AQSh va Afg‘oniston munosabatlari, Afg‘onistondagi eng so‘nggi siyosiy va iqtisodiy yangiliklar, xavfsizlik va Afg‘onistonni tiklash yo‘lidagi xalqaro hamjamiyat urinishlari mavzularida muzokara o‘tkazishi ma’lum qilinmoqda.

Elchixona xabariga ko‘ra, AQSh delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi hukumatlararo guruhning Markaziy Osiyo davlatlariga safari doirasida kechmoqda.

AQSh diplomatlari 18-iyuldan 22-iyul sanalari oralig‘ida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlariga safar uyushtirishni rejalashtirgan.

"Markaziy Osiyodagi hukumat vakillari iltimosi bilan boshlangan bu maslahatlashuvlar so‘nggi olti yil mobaynida muntazam ravishda har yili o‘tkazib kelinmoqda", — deyilgan AQSh elchixonasi xabarida.

Elchixona materiallarida "Qo‘shma shtatlar mintaqadagi chaqiriqlar va tahdidlar yechimini topish, shuningdek, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini olib borishdan manfaatdor" ekanligi qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0