O‘zbekiston chegaralaridan qaysi biri mustahkam qo‘riqlanadi - ekspert fikri

© IA "Jaxon"Uzbekskiy pogranichnik na postu
Uzbekskiy pogranichnik na postu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘rta Sharq va Markaziy Osiyo mamalkatlari bo‘yicha ekspert Aleksandr Knyazev, bugungi kunda O‘zbekistonning enshg xavfli chegaralari qaysi ekanini aytib o‘tdi.

TOShKENT, 28-iyulya – Sputnik. Knyazev aytishiga qaraganda sobiq Ittifoq tarqalganidan keyin O‘zbekiston uchun eng katta tahdidlardan biri bu uning janubiy chegaralari tomonida paydo bo‘layotgan xavflar bo‘lib qolmoqda. “Narkotiklar tranziti va Afg‘onistonda joylashgan jangari guruhlar muammosi – ma’lum jug‘rofiy xususiyatlarga ega”.

Ekspertning so‘zlariga qaraganda, ushbu muammoning taajubli tomonlari ham bor. Masalan O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan bevosita chegarasi juda yaxshi himoyalangan va uni yashirin kesib o‘tishning umuman iloji yo‘q. “Afg‘on-o‘zbek chegarasi kuchli himoyalanish bo‘yicha Shimoliy va Janubiy Koreya chegarasidan keyin ikkinchi o‘rinda tursa kerak. Chegaraning ushbu qismi 140 km ni tashkil qiladi, u yerda faqat bir nazorat-o‘tkazish punkti bor – bu mashhur “Drujba” ko‘prigi. Ushbu ko‘prik orqali bir vaqtlar sovet qo‘shnlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilgan edi. U zamonaviy, yaxshi qo‘riqlanadigan inshootdir. O‘zbek-afg‘on chegarasi Amudaryo chizig‘i bo‘ylab o‘tadi. Daroning keng oqimini kesib o‘tish unda o‘rnatilgan murakkab texnik to‘sinlar tufayli juda murakkab. Undan tashqari chegarachilar ixtiyorida zamonaviy yaxshi jihozlangan qo‘riqchi flot ham bor. Umuman aytganda, ushbu yo‘nalish bo‘yicha xatarlarning oldi to‘liq olingan”, — dedi Knyazev. 

O‘zbekiston chegarachilari - Sputnik O‘zbekiston
MDH chegara xizmatlari birgalikda faoliyat yuritadi

Uning so‘zlariga qaraganda O‘zbekistonning Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasi tomonidan kelgan xavf kuchliroq bo‘lishi mumkin. Rasmiy xabarlarga ko‘ra Afg‘onistonda yetishtirilgan narkotik moddalarning 80% O‘zbekistonga aynan Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasi orqali o‘tib keladi. “Bu O‘zbekiston hukumatning doimiy bosh og‘rig‘i”, — dedi ekspert.

Knyazevning fikriga ko‘ra, o‘zbek-turkman chegarasida ham vaziyat keskinlashmoqda. Ushbu chegarani juda yaxshi himoyalangan deb bo‘lmaydi. “Ayrim bo‘laklarida narkotiklar, qurol-yarog‘, migratsiya va terrorchilik tranziti mumkin bo‘lgan qismlar bor. Ushbu qismlar orqali Afg‘onistonda mavjud bo‘lgan xavflar O‘zbekistonga ta’sir ko‘rsatidi mumkin”.

O‘zbekistonni 100% xavfdan xoli qiladigan yechim hozircha topilgani yo‘q, deb hisoblaydi ekspert. Tojikiston va Qirg‘iziston bilan chegaralarning ayrim bo‘laklari hozirgacha demarkatsiya qilinmagan, yagona bitimga erishilmagan masalalar ham bor. Tojikiston va Qirg‘iziston orasidagi chegara ham haligacha berkitilmagan va to‘liq nazorat qilinmaydi, shuning uchun narkotiklar tashib o‘tishni butunlay to‘xtatishning iloji yo‘q, — deydi Knyazev.

Tojikiston chegara qo‘riqlashni kuchaytirmoqda

Ekspert shu qatorda O‘zbekiston xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatayotgan bir qator ichki muammolarni ham aytib o‘tdi. Diniy ekstremizm, yashirin tashkilotlar faoliyati va aholi orasida ID ta’sirini tarqatishga bo‘lgan urinishlar shular jumlasidan.

Islom Karimov tomonidan o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashida, mamlakat janubiy chegaralariga yaqin hududlarda xavfsizlik va tarqalishi mumkin bo‘lgan xavflar oldini olishga qaratilgan masalalari hamda terrorchilik va ekstremizmga qarshi, qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham qo‘yilgan.

Eslatib o‘tmiz, oxirgi bir nacha oy davomida Afg‘onistonda vaziyat notinchligicha qolmoqda. Mamalkatda “Islom davlati” ta’siri kuchayib, uning yashirin bo‘linmalari tomonidan uyushtirilayotgan terrorchilik aktlari soni oshib bormoqda. Bir necha kun oldin ID tomonidan Qobulda uyushtirilgan teraktda 80dan ziyod kishi qurbon bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0