Tojikiston chegara qo‘riqlashni kuchaytirmoqda

Obuna bo‘lish
Tojikiston Qunduz voqealarini kuzatmoqda va tojik-afg‘on chegarasini diqqat bilan qo‘riqlamoqda.

 

TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Tojikiston  Qunduzda viloyatida sodir bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda, RIA Novosti Tojikiston Chegarachilik Boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Muhammad Ulug‘xo‘jayevning so‘zlariga asosan.  

Tojikiston bilan chegaradosh bo‘lgan Qunduz viloyati poytaxti Qunduz shahri dushanba kuni “Tolibon” jangarilari tomonidan bosib olingan edi. Hozirgi kunda hukumat qo‘shinlari Qunduzni qayta qo‘lga olish maqsadida hujumga tayorgarlik ko‘rishmoqda.  

“Chegara nazorat ostida, vaziyat murakkablashgani tufayli chegarachi qo‘shinlar jangovor holatga keltirilgan”, — dedi Ulug‘xo‘jayev

Uning so‘zlarigaqaraganda Tojikiston chegarachilari chegarani murakkab sharoitlarda ham qo‘riqlash tajribasiga ega. “Biz tomondan chegara kalit ostida. Biz vaziyatni boshqarib turibmiz”, — dedi Ulug‘xo‘jayev.

Qunduz ko‘chalaridan biri - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahrini "Tolibon" egallab oldi

Ushbu yilda tojik-afg‘on chegarasida harbiy kuchlar va jangarilar ishtiroki sezilarli darajada kengaydi. Tojikiston va Afg‘oniston chegarasi uzunligi 1344kmni tashkil qiladi. Qunduz zarur strategik nuqta bo‘lib Tojikistonning Xatlon viloyatiga olib boruvchi yo‘l ustida joylashgan.

 

Yangiliklar lentasi
0