TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir MDH chegaralarida paydo bo‘ladigan tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish haqidagi shartnomani Davlat Dumasi muhokamasiga kiritdi.
“Ushbu shartnomanining kuchga kiritishdan maqsad — MDH davlatlari chegaralarini qo‘riqlash sohasida hamkorlikni kuchaytirish, bu borada operativ va samarali qarorlar qabul qilish va shu yo‘l bilan Hamdo‘stlik davlatlarining chegara qo‘riqlash xavfsizligini oshirishdir”, — deyilgan izohlovchi xatda.
Ushbu shartnomani ratifikatsiya qiluvchi qonun loyihasi, MDH davlatlarida chegara xizmatlari mutaxassislaridan tashkil topgan qo‘shma guruhlar tashkil qilish, ularning ish faoliyatini olib borish va bekor qilish tartibini belgilaydi.