Turkiya: AQSh endi bizga do‘st emas

© REUTERS / /Umit BektasPremyer-ministr Tursii Binali Yildirim
Premyer-ministr Tursii Binali Yildirim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyada sudlangan muxolifatchi - Fatxullax Gulenni yashirayotgan mamlakat Anqaraga do‘st emas, dedi Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim.

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik.Turkiyada tunda bo‘lib o‘tgan harbiy isondan keyin mamlakat bosh vaziri Binali Yildirim jurnalistlar oldida AQSh Turkiyaga endi do‘st emasligini aytdi, Sputnik Turkiye xabari asosida.

"Turkiyadagi davlat to‘ntarilishida aybdor terrorchilar boshlig‘ini yashirayotgan mamlakat Turkiyaning do‘sti emas",- dedi Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim matbuot anjumanida.

Turkiya hukumati bo‘lib o‘tgan davlat to‘ntarilishiga urinishda, Erdo‘g‘onga muxolifatda bo‘lgan "Xizmet" islom harakati aybdorligiga ishonchi komil."Xizmet" 2013-yildan beri Turkiyada bir necha bor vaziyatni izdan chiqarish maqsadida turli buzg‘unchilik ishlari yuritib kelgan. Ushbu oqim Fatxullax Gulen tomonidan boshqariladi.Gulenning o‘zi AQShning Pensilvaniya shtatida yashaydi. Bir necha yildan beri Anqara uning ekstraditsiya qilinishini so‘ramoqda, lekin AQSh buni amalga oshirgani yo‘q.

Undan tashqari Gulen 2014-yilning dekabr oyida turkiyada "paralel tizim" nomli yashirish tashkilot tashkil qilib, ushbu tashkilot mamlakat rahbariyatini kuchsizlantirishga qaratilgan faoliyat yuritib kelgan.

Gulenning o‘zi bo‘lsa bo‘lib o‘tgan voqealarga aloqsi yo‘qligini ta’kidlamoqda. 

Eng so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, tungi to‘qnashuvlarda 161 kishi qurbon bo‘lgan, 1440 jarohatlangan.

Yangiliklar lentasi
0