TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Tunda Istambulda bo‘lib o‘tgan davlat to‘ntarilishi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Turkiya prezidenti teleefir orqali ushbu isonni bostirishga muvaffaq bo‘lganini xabar qildi.
Bo‘lib o‘tgan voqealar natijasida 60 kishi qurbon bo‘ldi, ulardan 17 kishi politsiya xodimlari bo‘lib ular isonchilarga qarshilik ko‘rsatish vaqti qurbon bo‘lgan.
Tong soat 6 da Istambuldagi Otaturk nomli xalqaro aeroport faoliyati qayta tiklandi. Xavfsizlik sabablariga ko‘ra, Bosfor ko‘rfazi neft tashuvchi tankerlar uchun vaqtincha yopiqligicha qolmoqda. Istambul va Anqaraning ba’zi joylarida otishma eshitilmoqda.
Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Turkiya o‘z osmonini barcha turdagi uchuvchi obyektlar uchun yopganini e’lon qildi. "Bizning ruxsatimiz osmonga ko‘tarilgan barcha uchuvchi jismlarni urib tushiramiz" – dedi Yildirim.
Prezident saroyiga bo‘lgan hujumda 130 harbiy hibsga olingan, 13 askar va 1 general o‘ldirilgan.
Turkiya prezidenti Toyyip Erdo‘g‘on isonchilar rejasi amalga oshmaganini, davlat to‘ntirishi uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxslar jazolanishini va “mamlakat bosqinchilar qo‘liga tushib qolmasligini xabar qildi”.
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarilishiga urinishda qochqin muxolifatchi Feytullaxa Gulen nomi bilan bog‘ladi. Uning so‘zlariga qaraganda, Egey dengizi bo‘yida joylashgan mehmonxona bombardimon qilingan, lekin prezident u yerdan oldinroq chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Davlat telekanali o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan. Isonchilar CNN Turk, hamda “Xurriyet” nashrlariga ham hujum uyushtirilgan. Ular mahalliy telekanallar orqali xabar tarqatishga urinishgan.
Tunda Istambul markazidagi Taqsim maydonida, aeroport atrofida otishma va portlashlar eshitildi. Istambul tez yordam xizmati xabariga ko‘ra, tunda shahar kasalxonalariga 150 dan ortiq yaralanganlar olib kelingan.
Anqarada ham, mamlakat parlamenti binosi Isonchi harbiylar tomonidan bombardimon qilinishi natijasida 12 kishi og‘ir jarohatlar olganligi xabar berilmoqda.
Eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra, isonda qatnashgan 750 harbiy hibsga olingan va unvonlaridan mahrum qilingan, ular orasida 5 general va 29 polkovnik bor.
Anqaraga hujum uyushtirgan harbiy vertolet urib tushirilgan.
Soldiers surrender, abandon tanks after failed coup attempt — Live updates here: https://t.co/bduBo11fJv #Turkey pic.twitter.com/L8HSdLoufs
— Al Jazeera News (@AJENews) July 16, 2016