Turkiya Bosh shtabi hukumatni qo‘lga olganini e’lon qildi

© RIA Novosti Andrey SteninTursiya bayrog‘i
Tursiya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya harbiylari teleefir orqali hukumat ularning qo‘liga o‘tganini, Turkiya rahbariyati esa hibsga olinganini e’lon qildi.

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Turkiya harbiy qo‘mondanligi mamlakatda hukumat ularning qo‘liga o‘tganini e’lon qildi, RIA Novosti xabariga asosan.   

Ayni damda Anqara va Istambulda otishma ovozlari eshitilmoqda, harbiy vertoletlar osmonga ko‘tarilgan, Istambul aeroportida barcha parvozlar bekor qilngan. Xususan, Moskvadan Istambulga uchayotgan “Aeroflot” parvozi orqaga qaytmoqda.

Turkiya bosh shtabi davlat telekanali orqali mavjud bo‘lgan barcha xalqaro shartnomalar to‘liq bajarilishini va mamlakatda harbiy vaziyat e’lon qilinganini e’lon qilishdi.

Biroz oldin Turkiya Bosh vaziri bir guruh harbiylar noqonuniy davlat to‘ntarishi uyushtirmoqchi bo‘lganligini va ushbu urunish to‘xtatilganligini e’lon qilgan edi. Bosh shtab bayonotiga qaramasdan, Turkiya Bosh vaziri hukumat o‘z ishini davom ettiriyotganini va Adliya vazirligi ushbu ish yuzasidan tekshiruv boshlaganini e’lon qilgan edi.

Ayni damda Turkiya prezedenti Toyyip Erdo‘g‘on rezidensiyasi kuchli qo‘riqlanmoqda.

Harbiy to‘ntarish haqidagi xabardan keyin jahon valyuta bozorida Turkiya Lirasining narxi birdaniga 3.5%ga tushib ketdi. Ko‘plab mamlakatlar o‘z fuqarolariga Turkiyaga bormay turishni tavsiya qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0