TOShKENT, 16-iyul — Sputnik.Turkiya prezidenti Toyyip Erdo‘g‘on aholidan ko‘chalarga chiqishni so‘radi.
“Men aholidan ko‘cha va maydonlarga chiqib ushbu qo‘zg‘olinni oldini olishni so‘rayman”, — dedi Erdo‘g‘on o‘zining murojaatida..
Biroz oldin Turkiya Bosh shtabi harbiylari mamalkatda hukumat to‘liq ularning nazorati ostiga o‘tganini, sobiq rahbariyat hibsga olinganini xabar bergan edi. Turkiya Bosh vaziri esa ushbu xabarni inkor qilib, mamlakat to‘liq rasmiy hukumat qo‘lida ekanligini, aybdorlar yaqin orada jazolanishini xabar bergan edi.