NATO faoliyatini tugatish arafasida – ekspert

© Press-slujba prezidenta Ukraini / Mediabankka o‘tishVarshavadagi NATO sammiti
Varshavadagi NATO sammiti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Varshavada bo‘lib o‘tgan Rossiya-NATO Kengashi yakunida Rossiyaning alyansdagi doimiy vakili Aleksandr Grushko NATOning Sharqiy Yevropadagi faolligiga qarshi Moskva o‘z harbiy qurilish rejasiga o‘zgartirish kiritishga majbur.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Siyosiy Ma’lumot markazi direktori Aleksey Muxinning so‘zlariga qaraganda, yil oxiriga qadar Ukraina NATOga a’zo bo‘lishi mumkin, lekin buning uchun NATO ustaviga o‘zgarish kiritish kerak bo‘ladi.

8 iyulda Varshavada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti - Sputnik O‘zbekiston
NATO sammiti: alyans Moskvadan bo‘ladigan "xatar"ga javob topishga urinmoqda
"Men sammitda hukm surgan muhtdan kelib chiqib shunday fikrga keldim. Gap Petr Poroshenkoga bo‘lgan munosobat haqida ketayapti. G‘arb siyosatchilari sammitda Ukraina prezidentiga o‘ta xayrixox bo‘lishdi, uni siylab-siypayshdi va unga "Ukraina" hali ham "sevimli mijoz" ekanligini bildirishdi", — dedi ekspert.

Bunday bashorat bilan MDH davlatlari instituti direktori o‘rinbosari Vladimir Yevseyev mutlaq norozi. "NATOga nafaqat Ukrainaning, hatto Gruziyaning kirishi ham muhokama qilinmaydi. Hech kim Ukraina uchun jang qilmaydi va hech kim Donbassni ham qaytarib bermaydi. Rossiyani yana bir bor qurollanish musobaqasiga chorlashmoqda. Bu qo‘rqitish siyosati xolos, biz bunga xuddi ulardek javob berishimiz kerak", — dedi Yevseyev.

Ekspertning fikriga ko‘ra, NATO rejalariga qarshilik ko‘rsatish uchun Rossiya ayrim qurol turlarida kuchliroq bo‘lishi kerak. Yaqin kelajakda 10-yillik qarama-qarshilik davri kelishi mumkin. Rossiya — AQSh munosobatlari juda yomon bo‘lmaydi, lekin iqtisodiy va siyosiy jihatdan Kiyevdagi "Maydon"ga qadar bo‘lgan holatiga qaytmaydi. Kelasi yil AQShda yangi ma’muriyat kelganidan keyin ushbu ziddiyat biroz kamayishi mumkin.

"Bunday vaqtda NATO qilayotgan ishlarga xotirjamlik bilan qarash kerak. Varshavadagi sammit yakunlari bundan ham battar bo‘lishi mumkin edi", — dedi ekspert.

Qora dengiz floti kemasi - Sputnik O‘zbekiston
Moskva NATOni Qora dengizdagi harbiy faollik oqibatlaridan ogohlantirdi

Strategik Baho berish va Prognoz qilish markazi bosh direktori Sergey Grinyayevning fikriga ko‘ra, Varshavadagi sammit NATO tarixining ma’lum bir varaqasini yopdi.

"Biz dunyo xavfsizlik tizimi o‘zgarishi arafasida turibmiz. Rossiya ushbu tizimning yangi modelini taklif qilish mumkin. "Sovuq urush" qoldig‘i bo‘lgan NATO, yaqin yillar orasida o‘z faoliyatini bekor qilishi mumkin, chunki dunyodagi yangi global kuch markazlari Shimoliy Atlantika hududidan ancha uzoqdadir", — deb xulosa qildi Grinyayev.

"Bugungi Yevropa bir necha yil oldingi Yevropa emas. Buyuk Britaniyaning alyansdan chiqishi YeIga ma’lum cheklovlar o‘rnatadi. Sammit o‘tayotgan vaqtda Germaniya o‘zining harbiy doktrinasini bekorga taklif qilgani yo‘q. Germaniya, NATOdan tashqarida ham o‘z manfaatlari borligini aniq ta’kidlab o‘tdi", — deydi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0