NATO sammiti: alyans Moskvadan bo‘ladigan "xatar"ga javob topishga urinmoqda

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tish8 iyulda Varshavada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti
8 iyulda Varshavada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
8 iyul kuni Polsha poytaxti Varshavada ikki kun davom etadigan NATO sammitiga start berildi. Alyansga a’zo-mamlakat rahbarlari dunyodagi eng dolzarb masalalar hamda Rossiya tomondan bo‘ladigan "xatar"ga qarshi javob topishga urinadilar.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Sammitning asosiy tadbirlari Varshavadagi milliy stadionda bo‘lib o‘tadi. Ammo chet el rahbarlari va delegatsiyalari, 1955-yilda Varshava shartnomasi imzolangan Prezident saroyida ham uchrashuv o‘tkazishi belgilangan. Polsha poytaxtiga jami 18 nafar prezident, 21 nafar hukumat rahbari, 41 nafar TIV rahbari, 39 nafar mudofaa vaziri, shuningdek, BMT, YeI hamda Butunjahon banki rahbariyati tashrif buyurishadi.

Sammit ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash uchun 6 ming nafar politsiyachi jalb qilingan.

Sharqiy Yevropa — nozik masala

Sharqiy Yevropada har birida 1000 nafardan askar mavjud bo‘lgan to‘rtta batalonni joylashtirish — sammitda ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan eng dolzarb masalalardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Alyansning Latviya, Litva, Estoniya va Polshada joylashtiriladigan bo‘linmalari haqida qaror iyun oyida tashkilotga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashida qabul qilingan edi. Bu hujjat endilikda davlat rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi kerak, xolos.

NATO harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
NATO harbiy bloki Rossiya yaqiniga 4 ming nafar askarlarni joylashtirmoqchi

Litvadagi bo‘linmalarni — Germaniya boshqarishi kutilmoqda; Latviyada esa — Kanada, Estoniyada — Buyuk Britaniya, Polshada — Qo‘shma Shtatlar rahbarlik qiladi. NATO batalonlari qachon belgilangan hududlarda paydo bo‘lishi rasman e’lon qilinganicha yo‘q, manbalarda ta’kidlanishicha bu voqea 2017-yil boshida ro‘y berishi mumkin.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, NATOning Yevropa sharqidagi hatti-harakatlari javobsiz qolmasligi ma’lum. "NATO  desantlari tushirilishi zonasi Kaliningraddan 180 mil masofada joylashtirilgan. Bu degani, NATOning desantlarni tushirish uchun sekinlashishga majbur bo‘ladigan beso‘naqay S-17 samolyotlari Rossiya uchuvchisiz parvoz qurilmalari hamda uzoqqa otish qurilmalari "nishoniga" aylanishi turgan gap", deb yozadi The Huffington Post asosida RIA Novosti.

Muhojirlarni tashuvchilarga jang

Sammit davomida, shuningdek, Shimoliy Atlantika alyansi, "ID", Rossiyaning Ukrainaga nisbatan tajovuzkor munosabati hamda Brexit referendumi natijalari kabi zamonaviy chaqiriqlarga qarshi jiddiy choralar ko‘rish kerakligi haqida ta’kidlar yangradi.

Qochoqlar - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova: YeIning qochoqlar borasidagi kelishuvi “qul savdosini eslatadi”
Darhaqiqat, Yevropa Ittifoqining eng katta "bosh og‘riqlaridan" biri — bu migratsiya masalasidir. Bu masala, tabiiyki, sammit kun tartibiga kiritildi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy atlantika bloki a’zolari, O‘rta va Egey dengizlarida YeIga a’zo-mamlakatlarga qochoqlarni tashish bilan shug‘ullanayotgan jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish masalasini jiddiy ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.

Buning uchun, NATO, O‘rta Yer dengizida o‘zining harbiy-dengiz missiyasini yanada kuchaytirishini ma’lum qilgan.

Ko‘pmilliardlik ko‘mak

NATOga a’zo mamlakatlar Varshadava o‘tayotgan sammitda Yaqin Sharq hamda Markaziy Osiyo regionidagi davlatlarga ham e’tibor qaratishni belgilab olishgan.

Washington Post nashri xabariga ko‘ra, 2020-yilgacha Afg‘oniston mudofaa kuchlari moliyaviy jihatdan to‘liq ta’minlangan bo‘lishi uchun AQSh va uning ittifoqdoshlari Varshavada o‘tadigan yig‘ilishda 15 milliard dollar to‘plashga harakat qilishadi. Bu mablag‘lardan 10,5 milliardi, ma’lum bo‘lishicha, AQSh tomonidan ajratiladi.

Yangiliklar lentasi
0