TOShKENT, 30 apr — Sputnik. NATOning g‘arbiy ittifoqchilari Rossiya chegarasida to‘rt ming harbiydan iborat harbiylar batalonini joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, bu haqda Wall Street Journal nashriga asoslangan holda RIA Novosti xabar bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Boltiqbo‘yi davlatlariga ikkita, Germaniya va Buyuk Britaniya esa bittadan batalonlarni yuborishi mumkin.
AQSh Mudofaa vaziri o‘rinbosari Robert Uork Wall Street Journal nashriga intervyu berar ekan, alyansning g‘arbiy ittifoqdoshlari Boltiybo‘yi regionlarida joylashtirmoqchi bo‘layotgan harbiylar soni 4 ming nafarni tashkil qilishini tasdiqlagan.
Uorkning so‘zlariga qaraganda, Rossiya ushbu hududda o‘z faolligini oshirayotgani tufayli, NATO ham harbiy ishtirokini kuchaytirishga qaror qilgan.