Zaxarova: YeIning qochoqlar borasidagi kelishuvi “qul savdosini eslatadi”

© Sputnik / Sergey Stroitelev / Mediabankka o‘tishQochoqlar
Qochoqlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa mamlakatlari o‘rtasida kvotalash va odam almashish - bu XXI asrda qul savdosining yangicha ko‘rinishi, – dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi qochoqlar va migrantlar sonini qisqartirish borasidagi kelishuvi “qul savdosini eslatadi”, — deb bayonot qildi seshanba kuni Sankt-Peterburgda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova, RIA Novosti xabari asosida.

YeI bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa va Turkiya migrantlar bilan o‘zaro almashishga kelishib oldi

"Yevropa mamlakatlari o‘rtasida tuzilayotgan migrantlarni o‘zaro almashish shartnomalari kishini dahshatga soladi. Odamlarni o‘zaro almashish va kvotalash XXI asrda qul savdosi eslatmoqda", — dedi Zaxarova Umumrossiya xalq fronti mediaforumida so‘zga chiqar ekan.
Brussel va Anqara o‘rtasida YeIga kiruvchi qochoqlar va migrantlar sonini qisqartirish bo‘yicha shartnoma 20-martdan boshlab kuchga kirdi. Unga muvofiq, 20-martdan boshlab Turkiya orqali Misrga kirib kelayotgan nolegal migrantlar ortga, Turkiyaga qaytariladi.

Yangiliklar lentasi
0