Satanovskiy: Emomali Rahmon katta xatoga yo‘l qo‘yapti

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishYevgeniy Satanovskiy
Yevgeniy Satanovskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin Sharq instituti prezidenti Yevgeniy Satanovskiy Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari uchun viza tartibini kiritishi qanday oqibatlarga olib kelishi hamda bu davlatlarning Xitoyga qarab yuz o‘girishi ehtimoli borasida Sputnik agentligiga o‘z fikrlarini bayon etdi.

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Yaqin Sharq Instituti Prezidenti Yevgeniy Satanovskiy Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida Rossiya Markaziy Osiyo davlatlariga viza tartibini kiritsa nima bo‘lishi hamda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning eng katta xatosi borasida o‘z fikrlarini bayon etdi.

— Yevgeniy Yanovich, aytingchi, Rossiyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha ittifoqdoshlari nima sababdan o‘z qarashlarida bu qadar o‘zgaruvchan? Kecha Rossiya edi, bugun Xitoy, ertaga-chi? AQShmi?

— “Ittifoqdosh” tushunchasi nima bilasizmi? Pulingizni oladigan va harbiy ko‘magingizdan foydalanadigan mamlakatgina ittifoqdosh bo‘lishi mumkin deb o‘ylaydiganlar qattiq yanglishadi, Faqat savodsiz, puch xayollarga beriluvchan va mantiq neligini bilmaydiganlargina shunday xayolga borishi mumkin.

Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon Tojikistonni umrbod boshqarish huquqiga ega bo‘ldi
Bu tushunchani ilk marta turmushga chiqayotgan qizlar misolida ham ko‘rish mumkin: oq tulpor mingan shahzoda kelib olib ketib, bir umr atirgul yaproqlari sochilgan yo‘lak bo‘ylab qo‘lida ko‘tarib yurishini kutgan qizlar aslida kir yuvish mashinasi va oshxonaga duch kelishadi.

Siz ularga muhtoj bo‘lganingizda yoningizda turadigan ittifoqdoshlar bo‘lmaydi. Ittifoqdoshlar siz ularga kerak bo‘lganingizda yoningizda bo‘ladi.

-          U holda, nima deb o‘ylaysiz, Rossiya Markaziy Osiyo davlatlariga qarshi viza tartibini kiritishi kerakmi?

Bu borada siyosatchilarga maslahat berishga ojizman. Bunday qarorlar har bir muassasa tomonidan mustaqil qabul qilinadi. Masala hal etilishining milliy, iqtisodiy va tarixiy aspektlari bo‘ladi, shuningdek, imkoniyatlar doirasiga qarab degandek…

MDH, ShHT, KXShT(ODKB) — so‘nggi o‘n yilliklar ichida Markaziy Osiyoda haddan ziyod ko‘p ittifoqlar yaratilmadimi? Ular orasida qay biri haqiqatda samara bermoqda?

— Ittifoqlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, yaratiladigan va amalga oshiriladigan turli-tuman rejalar soni shunchalik ko‘p bo‘ladi. Bu savol bilan Prezidentlar va Bosh vazirlarga murojaat qilgan yaxshi. Umuman olganda, amerikaliklarda ham bloklar soni ko‘p bo‘lgan, ularning mohiyati vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turgan, xolos.

— Tojikistonning Rossiyadan Xitoyga qarab yuz o‘girishiga qanday fikr bildirasiz?

— Shu kechayu-kunduzda Xitoyda ishlayotgan tojiklar soni qancha va ularga u yerda kimning ko‘zi uchib turibdi? Rossiyada esa ular soni qancha? Rossiyadagi tojiklar o‘z mamlakati budjetiga qancha mablag‘ o‘tkazib kelishapti?

Tojikistonda milliy bayroq kuni - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston hukumati ruscha familiyalarni ta’qiqlamoqda
Xitoy ta’siriga keladigan bo‘lsak, Markaziy Osiyoda bu ta’sir hamisha bo‘lib kelgan va bo‘ladi ham. Bu ta’sir bizning hatto tushimizga kirmaydigan sarmoya va davlat qudratiga tayanib keladi. Shu o‘rinda, eskidan mavjud bo‘lgan bir hazilni misol keltirmoqchiman: Xitoy – bu shuba, Rossiya esa uning yengi. Shunchaki, oldinlari Rossiya o‘rniga SSSR deyilgan.

Mahalliy rahbariyat tomonidan amalga oshirilayotgan ajabtovur ko‘zbo‘yamachiliklar sabab Tojikiston iqtisodiyoti bugun o‘ta og‘ir ahvolda qoldi. Bu Xitoyga kerakmi?

- Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon nima sababdan muholifat kuchlarga nisbatan “tish qayrayapti", nima deysiz? Bu ulkan noroziliklarni keltirib chiqarishi va natijada, hukumatning o‘zi bundan jabr ko‘rishi mumkinmi?

— Emomali Rahmon o‘ziga xos siyosiy va tarixiy qarashlarga ega. Har qanday siyosatchi hokimiyat uchun kurash olib boradi va unga bu narsa abadiydek ko‘rinadi.

Rahmon qonunchilikni o‘z o‘g‘liga moslashtirishga harakat qilib kelyapti. Bu uning eng katta xatosidir. “Arab bahori”da taxtdan ag‘darilgan rahbarlar ana shunday xatoga yo‘l qo‘yishgan. Ularning taqdirlari ne kechgani esa hammamizga yaxshi ayon.

Yangiliklar lentasi
0