Emomali Rahmon Tojikistonni umrbod boshqarish huquqiga ega bo‘ldi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishTojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon
Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston Respublikasi aholisining ko‘pchilik qismi bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida, mamlakatning asosiy qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun ovoz bergan.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Tojikiston aholisining aksariyat qismi, bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida, Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi uchun ovoz berishdi, deb xabar qildi Markaziy saylov komissiyasi rahbari Baxtiyor Xudoyorzoda. RIA Novosti xabariga ko‘ra.

"Referendumda ishtirok etgan 4 million 402 ming saylovchidan 3 million 814 ming nafari (94,5%) o‘zgartirishlar kiritilishi uchun ovoz berishgan. Qarshi ovoz berganlar esa 134 171 kishi(ya’ni 3,3%)ni tashkil qildi", — deb ta’kidladi u.

Baxtiyor Xudoyorzodaning so‘zlariga ko‘ra, referendumda fuqarolarning 92% qatnashgan.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon. - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon cheklanmagan marta prezident etib saylanishi mumkin
Saylovchilar, tinchlik va milliy birlik asoschisi — Millat yetakchisi (o‘tgan yilning dekabr oyida, Tojikiston parlamenti amaldagi davlat rahbariga Emomali Rahmonni shunday maqomga munosib ko‘rgan edi) Asosiy qonunning 65-moddasiga amal qilmasligiga rozilik bildirishgan. Tojikiston konstitutsiyasi 65-moddasiga ko‘ra, "bir shaxs qatorasiga ikki muddatdan ortiq vaqt mobaynida davlat rahbari bo‘la olmaydi".

Ammo, endilikda, "mazkur moddaning 4-bandida ko‘zda tutilgan cheklov Tinchlik va milliy birlik asoschisi — millat Yetakchisiga nisbatan qo‘llanilmaydi".

Yangiliklar lentasi
0