Putinning Poroshenkoga javobi: ilohim, sizning buzog‘ingiz bizning bo‘rini yeb qo‘ysin

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya Prezidenti Vladimir Putin
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina rahbari Poroshenkoning "Qrimni qaytarish" haqidagi gaplariga izoh berdi.

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Qrim masalasi yopilgan, unga boshqa qaytmaymiz, dedi Vladimir Putin Ukraina yetakchisi Petr Poroshenkoning "Nadejda Savchenko ortidan Qrim yarimorolini ham qaytaramiz", degan ta’kidiga javoban. RIA Novosti xabari asosida.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Mariya Zaxarova Qrimning Ukrainaga “qaytarilishi” haqida latifa aytib berdi
"Qrim yarimoroli masalasiga kelsak, bu mavzu allaqachon ko‘rib chiqilgan va biz unga boshqa qaytmaymiz. U Qrimda istiqomat qilayotgan odamlarning tarixiy qarori, va bu borada Rossiya hech kim bilan muzokara olib bormaydi", — deb ta’kidladi Vladimir Putin.

"Shu o‘rinda "sizning buzog‘ingiz bizning bo‘rini yeb qo‘ysin" degan bir mashhur matalni keltirib o‘tishni joiz deb bildim", — deya qo‘shimcha qildi Vladimir Putin Poroshenkoning so‘zlari "ushalmas orzudan bo‘lak hech vaqo emasligiga" iddao qilgan holda.

"Shunday ekan, kelinglar, yaxshisi bu mavzuga qaytmaymiz", — dedi o‘z nutqi so‘ngida Rossiya prezidenti.

Bundan sal oldin Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Savchenko ortidan Donbass va Qrim ham qaytarilishi haqida bayonot qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik jurnalistlar o‘limida ayblanib, Rossiyada 22-yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Nadejda Savchenko marhumlarning yaqinlari iltimosiga binoan, Vladimir Putin tomonidan avf etildi, va 25-may kuni Ukrainaga qaytarildi.

Rossiyaning Yalta shahri - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa va amerika aholisining uchdan biri Qrim Rossiyaga tegishli deb hisoblaydi
Qrim yarimoroli va Sevastopolda referendum Ukrainada yuz bergan davlat to‘ntarishidan so‘ng, 2014-yilning fevralida o‘tkazilgan edi. 2014-yil 16-mart kuni bo‘lib o‘tgan referendumda yarimorolning aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berdi. Rossiya va Qrim qo‘shilishi uchun 96,77% qrimliklar va 95,6% sevastopol aholisi ovoz bergan edi. Ukraina hanuzga qadar Qrim yarimoroli vaqtincha okkupatsiya qilingan o‘ziga qarashli hudud, deb hisoblab keladi. Shuningdek, qrim yarimoroli xohishi G‘arb mamlakatlari tomonidan ham tan olinmadi, ular o‘z noroziligini Rossiyaga va Qrim regioniga sanksiyalar kiritish orqali namoyish qildilar.

Yangiliklar lentasi
0