Yevropa va amerika aholisining uchdan biri Qrim Rossiyaga tegishli deb hisoblaydi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishRossiyaning Yalta shahri
Rossiyaning Yalta shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘rov Sputnik axborot agentligi uchun Populus va IFop izlanishlar kompaniyalari tomonidan o‘tkazilgan.

 

TOShKENT, 16-mart, Sputnik matbuot xizmati.  "Sputnik.Mneniya" so‘roviga asosan, AQSh, Gollandiya, Angliya, Fransiya, Germaniya va Italiya aholisining uchdan biri —  Qrim Rossiyaga tegishli deb hisoblaydi.

“Qrim Rossiyaga tegishlimi?”, — degan savolga Italiyaning 39 % va Germaniyaning 37% aholisi Qrim Rossiyaga tegishliligiga ishonch bildirishgan. Buyuk Britaniya va Niderland mamalkatlarida ushbu ko‘rsatkich 33 % va 32 % ni tashkil qildi. AQSh va Fransiyada Qrim Rossiyaga tegishli deb hisoblaydiganlar soni 26% ni tashkil qildi. Shu bilan bir vaqtda AQShda  “bilmayman” deb javob berganlar soni – 42 %ni tashkil qildi.    

2016 yilning 4-9 martida AQSh, Buyuk Britaniya va Niderdland mamlakatlarida Populus kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan. Unda 18 yoshdan katta bo‘lgan 3092 kishi qatnashgan. Italiya, Fransiya va Germaniyada so‘rov 8-10 martda tajribali IFop kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan. So‘rovda yoshi 18 dan katta bo‘lgan 3001 kishi qatnashgan. So‘ralganlar jinsi, yoshi, turar joyi va mutaxassisligiga qarab tanlangan. Xatolik ehtimoli 3,1 %, ishonchlilik ehtimoli 95% ni tashkil qildi.

“Sputnik.Mneniya” — jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan ushbu xalqaro loyiha 2015-yil yanvarida o‘z ishini boshladi. “Sputnik. Mneniya”ning so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha hamkori Britaniyaning Populus va Fransiyaning IFop izlanishlar kompaniyalari. “Sputnik. Mneniya” doimiy ravishda AQSh va Yevrpa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.  

Sputnik (sputniknews.com) – xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, analogli va raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0