Mariya Zaxarova Qrimning Ukrainaga “qaytarilishi” haqida latifa aytib berdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishRossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi Iishlar Vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Qrim yarimoroli huquqiy holati masalasiga allaqachon nuqta qo‘yilgan.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Moskva hukumati Qrim yarimorolining huquqiy holati haqidagi masalaga allaqachon nuqta qo‘ygan, deb ta’kidladi payshanba kuni Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

"Sizlarga bir latifa aytib bermoqchiman. Chamamda, u hozirgi mavzuga juda mos. Hammangizga yaxshi tanish bo‘lgan Ukraina rahbari Tangriga “Qrimni qaytarishga yordam ber”, deb yolvorganida, unga samodan: “Qrimni qaytardik, endi pullarni qaytarish vaqti keldi”, degan javob kelgan ekan”, — Yevroparlamentning Qrim bo‘yicha rezolyutsiyasiga Zaxarova shu tariqa izoh berdi.

Rossiya TIV rasmiy vakili, shuningdek, “Qrimni qaytarish mavzusi bilan bog‘liq barcha masalalar abadiy yopildi”, — deya alohida ta’kidlab o‘tdi.

"Qrim Rossiya Federatsiyasi hududi hisoblanadi. Yevroparlament darajasida amalga oshiriladigan har qanday harakat, yoinki, chegaralar qo‘lda belgilangan xaritani Yevropa poytaxtlariga olib kirishga urinish – bularning barchasi vaqt va mablag‘larni behuda sarflash demakdir. Bu masala allaqachon yopilgan va boshqa hech qachon muhokama qilinmaydi”, — deb ta’kidladi TIV rasmiy vakili.

Yangiliklar lentasi
0