Ekspert: yangi hukumat tufayli "qirg‘iy" Erdo‘g‘onning ovozida tahdid kuchayishi mumkin

© AP Photo / Yasin Bulbul, Presidential Press Service, PoolTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an seshanba kuni mamlakatning 65-hukumati tarkibini tasdiqladi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on seshanba kuni mamlakatning 65-hukumati tarkibini tasdiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
DWN: Erdo‘g‘on o‘z kuyovini Turkiya Bosh vaziri etib tayinlamoqchi

Hukumatning hozirgi vakillari mustaqil shaxslar emas, demak, Turkiya Vazirlar mahkamasi sezilarli darajada o‘zgarishlarni boshdan kechiradi, deb fikr bildirdi Sputnik radiosi efirida ekspert Nikita Isayev.

Biroz oldinroq, Adolat va Taraqqiyot partiyasining rahbari etib saylangan Binoli Yildirim yangi hukumat a’zolari ro‘yxatini prezidentga havola qilgandi. Vazir va prezidentning uchrashuvi Anqaradagi prezident qarorgohida bo‘lib o‘tgan. Hukumat tarkibi tasdiqlangach, Yildirim rasman Turkiyaning yangi bosh vaziriga aylandi.

Axmat Dovuto‘g‘li hukumatida transport, kemasozlik va aloqa vaziri lavozimida ishlagan Binoli Yildirim 22-may kuni partiyaning navbatdan tashqari qurultoyida rais etib saylangan edi. Uning nomzodini 1470 delegatning 1405 nafari qo‘llab-quvvatladi.

Iqtisod Instituti rahbari Nikita Isayevning fikriga ko‘ra, yangi hukumat eskicha "siyosat" yuritmasligi aniq. "Turkiyaning eski hukumat tarkibida hamma narsa ham "erdo‘g‘oncha" emasdi. Dovuto‘g‘luning mustaqil shaxs bo‘lganini tan olish joiz. Aynan Ahmad Dovudo‘g‘lu Erdo‘g‘on pozitsiyasi bo‘lmish — avtokratiya jilovini tortib turardi. Dovuto‘g‘lu partiya, parlament va hukumat borasida o‘z pozitsiyasini qo‘rqmay ayta olardi. Hukumatdagi hozirgi o‘zgarishlar ham aynan shu tufayli ro‘y berdi", — dedi Nikita Isayev Sputnik radiosi efirida.

Yangi hukumatda bosh vazir o‘rinbosarlari Tug‘rul Turkash, Mehmet Shimshek, Numan Qurtulmush o‘z lavozimlarini saqlab qolishgan. Veysi Qaynoq va Nuriddin Janiqli esa bosh vazirning yangi o‘rinbosarlariga aylangan.

Shuningdek, Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li, IIV rahbari Efqon Ala, Energetik va tabiiy resurslar vaziri Barot Albayroq o‘z lavozimlarida qolgan. Hukumatning yangi tarkibidagi yangi nomlar esa quyidagilar: Moliya vaziri Naji Agbal, Mudoffa vaziri Fiqri Ishik, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zebekchi, Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji, YeI masalalari bo‘yicha vazir Umar Chelik.

Shu haftada hukumat dasturi e’lon qilinadi, undan oldin dastur loyihasi parlament tasdig‘idan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Nikita Isayevning so‘zlariga qaraganda, Turkiyaning hozirgi hukumat rahbarlari mustaqil shaxslar emas.

Yevroparlament raisi Martin Shuls - Sputnik O‘zbekiston
Martin Shuls: Turkiya Erdo‘g‘on davrida avtoritar davlatga aylanib borapti
"Bu gap hukumat raisi Yildirim va mahkamaning yangi a’zolariga ham birdek taalluqli. Hukumat a’zolarining ayrimlari Erdo‘g‘onning qarindoshlari yoki uning sobiq ittifoqdoshlaridir. Iqtisodiy bloklarda o‘zgarishlar bor: yangi moliya va iqtisod vazirlari tayinlanganini nazarda tutapman. Bu degani, tez orada e’lon qilinadigan hukumat dasturi iqtisodiy jihatdan ma’lum o‘zgarishlarni boshdan kechirishi mumkin. Mudofaa blokida ham o‘zgarishlarni ko‘rib turibmiz. Turkiya Mudofaa vazirining yangilangani bu mamlakat ritorikasi tez orada o‘zgarishidan darak beradi. Dovuto‘g‘lu davrida bu ritorika jilovlanib turardi. "Qirg‘iy" Erdo‘g‘on doim Rossiyaga va uning Suriyadagi faolligiga nisbatan imkon qadar keskin javob qaytarishni talab qilib kelgan. Endilikda hammasi Erdo‘g‘on xohlaganidek bo‘lishi, ya’ni Turkiyaning mudofaa blokidagi ritorikasi tobora tahdidona tus olishi mumkin", deb o‘z fikrlariga yakun yasadi Nikita Isayev.

Yangiliklar lentasi
0