DWN: Erdo‘g‘on o‘z kuyovini Turkiya Bosh vaziri etib tayinlamoqchi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh vazir lavozimiga da’vogar nomzodlar orasida Transport vaziri Binoli Yildirim nomi ham tilga olingan edi, ammo, Albayroqning bu joyni egallashiga imkoniyat katta, deb ta’kidlaydi nashr.

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Turkiya Energetika vaziri Berot Albayroq, mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning kuyovi, mamlakat Bosh vaziri lavozimiga eng mos nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda, deb xabar qiladi Deutsche Wirtschafts Nachrichten nashri, RIA Novosti.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Foreign Policy: Erdo‘g‘on uchun Turkiyada hamma terrorist

Shuningdek, bu joyga mos nomzodlar orasida Transport vaziri Binoli Yildirim nomi ham tilga olingan edi, ammo, Albayroqning bu lavozimni egallashiga imkoniyat ko‘proq, deb ta’kidlanadi nashrda.
Erdo‘g‘onning kadrlar bo‘yicha yuritadigan siyosati ishonchsizlikka asoslanadi, ammo hozircha oila a’zolari bundan mustasno, deb yozadi maqola muallifi.
Albayroq Energetika vaziri sifatida shu sohani oila qo‘liga olib bergan. "Erdo‘g‘onning o‘g‘li — Bilolning "Islom davlati" terrorchilari bilan neft borasidagi kelishuvlarini hisobga oladigan bo‘lsak, bu soha Turkiya uchun eng zarur bo‘lgan sohalar sirasiga kiradi, deb aytish mumkin, deya ta’kidlanadi nashrda.

Toyib Erdo‘g‘onning o‘g‘li - Bilol Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Toyib Erdo‘g‘onning o‘g‘li – Bilol Erdo‘g‘on ustidan Italiyada tergov ishlari boshlandi

Noyabr oyida Suriya Axborot vaziri Umran Az-Zoubi "ID" nefti Bilol Erdo‘g‘onga tegishli transport kompaniyasi tomonidan tashilishi haqida xabar qilgan edi. Zoubiyning so‘zlariga qaraganda, Turkiya prezidentining o‘g‘li jihodchilardan xomashyo va tarixiy yodgorliklarni sotib olgan. Boshqa ayblovlarga ko‘ra, Bilol, Iroqni bosib olgan jihodchilardan o‘g‘irlangan neftlarni xarid qilgan va uni Osiyo mamlakatlariga o‘tkazib yuborgan, shu bois, mahalliy OAV Bilolga “ID" neft vaziri” degan nom bergan.

Yangiliklar lentasi
0