Turkiya oppozitsiya kuchlari mamlakatlarni Erdo‘g‘on bilan hamkorlikdan voz kechishga chaqirmoqda

© RIA Novosti Andrey SteninTurkiya bayrog‘i
Turkiya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Dunyo davlatlari rasmiy Anqara bilan hamkorlik qilishdan voz kechishlari lozim. Qo‘li qonga belangan siyosiy rejim bilan hamkorlik uning nopok va qonli ishlariga sherik bo‘lish demakdir”, - deb ta’kidlamoqda oppozitsiya vakili.

TOShKENT, 23-may – Sputnik. "Xalqaro hamjamiyat Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on rejimi bilan hamkorlik qilishdan voz kechishi lozim, aks holda, ular Turkiya rahbarining nopok va qonli ishlariga sherik bo‘lgan hisoblanadi", deb ta’kidladi Xalqlar demokratiyasi Turkiya muholifat partiyasi raisdoshi Figen Yuksakdog‘, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: Turkiya ichida avtonomiyaga yo‘l qo‘yilmaydi

Yuksakdog‘, RT telekanaliga bergan intervyusida, shuningdek, rasmiy Anqara hamkorlari Erdo‘g‘onning hatti-harakatlariga ko‘pincha ko‘z yumib kelgan va bu bilan, uning jinoyatlarni qo‘llab-quvvatlab kelishganini aytdi.

"Ularni Turkiya bilan turli xildagi hamkorlik munosabatlari va kelishuvlar bog‘lab turadi. Ular Anqara bilan hamkorlik qilishdan voz kechmoqlari lozim. Chunki mamlaktalar qo‘li qonga belangan siyosiy rejim bilan hamkorlik qilish barobarida, uning nopok va qonli ishlariga sherik bo‘lishmoqda”, — deb ta’kidladi muxolifat vakili.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: “Turkiya vijdonini yo‘qotgani yo‘q”
Turkiya muxolifat vakillari shuningdek, ko‘p yillardan beri Erdo‘g‘on rejimining terrorchilar, jumladan, “ID” terrorchilik uyushmasi bilan aloqasi haqida ogohlantirib kelishganini, ammo bunga hech kim quloq tutmagani haqida aytishdi. "Biz bu haqda yillar davomida gapirib kelganmiz, ammo, Turkiyada qonunlar tizimi ishlamaydi, hukumatga ta’sir o‘tkazish mexanizmlari mavjud emas. Biz hukumatimizni bunga javob berishga chaqirishga harakat qilyapmiz, shu bois ham bizni ta’qib ostiga olishmoqda, qamashapti, deputatlik dahlsizligidan mahrum qilib, parlamentdan quvib solishapti”, — deb ta’kidladi Yuksakdog‘.

Turkiya va "ID" terrorchilari o‘rtasida neft borasida oldi-berdi borligi haqida Gretsiya, Rossiya va Isroil mudofaa vazirlari ham aytib kelishgan.

Yangiliklar lentasi
0