TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on hozirda mamlakatda Qurdiston Ishchilar partiyasi o‘rtasida olib borilayotgan harbiy mojaroni nazarda tutib Anqara o‘z-o‘zini boshqarishga intilish ko‘rinishida davlat ichida davlat tuzilishi holatiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi, RIA Novosti xabari asosida.
“Avtonomiya va o‘z-o‘zini boshqarishga intilish ko‘rinishida davlat ichida davlat tuzmoqchi bo‘lganlarga qarshi Anqara ayovsiz kurashadi”, — dedi Toyib Erdo‘g‘on Turkiyada yangi Konstitutsiya yuzasidan o‘tkazilgan forumda.