TOShKENT, 16-may – Sputnik. "London bilan munosabatlar, u Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqqan taqdirda o‘zgarmaydi", — deya va’da berdi milliarder. RIA Novosti xabari asosida.
Bundan sal oldin Donald Tramp “Mamlakatimizda shunday joylar borki, politsiyachilar u yerlarda o‘z hayotlaridan xavfsirab yashaydi”, — deya, musulmonlar uchun AQShga yo‘lni yopishga chaqirgan edi.
Buyuk-Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron milliarderning musulmonlarga nisbatan bildirgan fikrini “ahmoqona va noto‘g‘ri”, deb atab, o‘z nuqtayi-nazari uchun Trampdan kechirim so‘ramasligini ma’lum qilgan edi.
"Nazarimda, munosabatlarimiz unchalik yaxshi bo‘lmaydi, yana kim bilsin. Lekin umid qilaman, u bilan munosabatlarimiz yaxshi bo‘lishiga. Faqat Kemeron bu muammoni yechishga tayyor emasdek, nazarimda”, — deb ta’kidladi amerikalik siyosatchi Britaniyaning ITV telekanaliga bergan intervyusida.
Bundan tashqari, Trapm Buyuk Britaniya uchun Yevropa Itifoqidan chiqish foydaliroq bo‘lishini ta’kidladi. “Yevropa Ittifoqiga ishim tushgan, u yerda qog‘ozbozchilik yuqori o‘rinda, bu esa ancha qiynaydi. Britaniyaga keladigan bo‘lsak, men ularga: “Yevropa Ittifoqi sizlarga nima kerak?”, deb aytgan bo‘lardim. Lekin takrorlab o‘taman – odamlarning o‘zlariga qo‘yib berish kerak, o‘zlari hal etishsin”.