TOShKENT, 9-may — Sputnik. Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi, Yevropada urush yuzaga kelishi xavfini yanada kuchaytiradi, deb ta’kidladi Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron. Bu haqda The Telegraph nashriga asoslangan holda RIA Novosti xabar berdi.
Britaniya Bosh vazirining fikriga ko‘ra, aynan YeI, o‘n yilliklar davomida "bir-birini g‘ajib kelgan" davlatlarni birlashtirishga yordam bergan. "Buyuk Britaniya YeIdan ajralib chiqadigan bo‘lsa, mintaqadagi tinchlik va osoyishtalik xavf ostida qolmasliliga hech kim kafolat bermaydi", — deydi Kemeron.
Birlashgan qirollikning YeI tarkibidan chiqishini Kemeron "o‘ylamay, mas’uliyatsizlik bilan amalga oshirilayotgan harakat", deya baholamoqda.
"Agar YeI tarkibida qolsak, kelajakda bizni nimalar kutayotganini aniq ayta olamiz, aks holdda, bu qorong‘ilik sari sakrashga tengdir", — dedi Kemeron.
Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi masalasi 23-iyunda o‘tkaziladigan referendum asosida hal etiladi. Ipsos-MORI agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, birlashgan qirollik YeI tarkibidan chiqadigan bo‘lsa, boshqa davlatlar ham undan o‘rnak olib, YeIni tark etishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.