Rossiyada migrantlar o‘z mutaxassisligini tasdiqlashlari lozim bo‘ladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishMigrantlardan test olish markazi
Migrantlardan test olish markazi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘z ona-yurtida ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yhatda turgan “qotil-enaga” bilan bog‘liq mojarodan so‘ng, Rossiyada chet ellik ishchilarning malakasini tekshirish taklifi kiritildi.

TOShKENT, 29 mar – Sputnik. Moskvada ro‘y bergan mudhish fojia – o‘zbekistonlik qotil-enaga mojarosidan so‘ng, Rossiya Bosh vazir o‘rinbosari Olga Golodes chet ellik ishchilar malakasini tasdiqlovchi mexanizmni ishlab chiqish taklifini kiritdi.

Gulchehra Boboqulova - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand Asab kasalliklar dispanseri qotil-enaga kasalligini tasdiqladi

"U odam mutaxassismi-yo‘qmi, hech kim tekshirmaydi. Biz, chet elliklarga, hatto bolalarimiz tarbiyasini ishonib topshirayapmiz… Oxirgi marta ro‘y bergan ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan fojiadan o‘zimizga kerakli xulosa chiqarmog‘imiz shart. Shuning uchun, migrantlar eng avvalo o‘z mutaxassisliklarini tasdiqlashlari va undan keyin ishga ruxsat beradigan hujjatlarni olishlari kerak, deb hisoblayman. Kishi o‘z mutaxassisligini tasdiqlashi shart”, — dedi Golodes.

"Agar migrant quruvchi bo‘lsa, marhamat qilib, mustaqil baholash markaziga borib… o‘zining quruvchi ekanligini tasdiqlovchi hujjatni olsin. Agar siz, bolaga qarashga da’vo qilayotgan bo‘lsangiz, unda ko‘chadan kelgan allakim emas, balki pedagog yoki murabbiy ekanligingizni isbotlang. Bu eng katta mas’uliyat”, — qo‘shimcha qildi Golodes.

Yangiliklar lentasi
0