TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin migratsiya masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoralar hamda vazirliklar o‘zaro muvofiqlashgan holda harakat qilishlari kerakligi to‘g‘risida bayonot qildi.
"Bu sohada faoliyat yurituvchi idoralar va vazirliklar o‘zaro muvofiqlashgan holda ish olib borishlari kerak.
Migratsiya masalasida hatti-harakatlar kuchaytirilishi va yanada takomillashtirilishi lozim”, — dedi Putin Rossiya Xavfsizlik kengashi yig‘inida.
Rossiya prezidenti, shuningdek, nolegal migrantlarga Rossiya hududida bemalol harakatlanish imkonini berayotgan qonunbuzarliklar sxemasi aniqlanib, ularning oldi olinishi shartligini qo‘shimcha qildi.