TOShKENT, 13 fev — Sputnik. AQSh Buyuk Britaniya YeI tarkibida qolishidan manfaatdor, deb ta’kidladi AQSh davlat kotibi Jon Kerri.
"Men prezident Obama va butun amerika xalqi nomidan ishonch bilan shuni ta’kidlamoqchimanki, o‘tmishda bu kabi tang holatlar ko‘p bo‘lgan va bu safar ham, agar birdamlikni saqlab qolsa, Yevropa jahondagi inqirozdan yanada kuchli bo‘lib chiqib ketadi. Biz bir tanu bir jon bo‘lib, dunyodagi barcha chaqiriqlarga umumlashgan holda javob qaytaramiz. Bizning g‘alabamiz har biringizning yutug‘ingizga bog‘liq, va, albatta, Buyuk Britaniya ham mana shunday kuchli Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishidan manfaatdormiz”, — dedi Kerri Munxenda bo‘lib o‘tgan xavfsizlik bo‘yicha anjumanda chiqish qilar ekan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 12-14 fevral kunlari Munxenda xavfsizlik bo‘yicha an’anaviy anjuman o‘tkazilmoqda. Bu yil anjuman ishtirokchilari o‘rtasida Suriyadagi urush va migratsiyaga oid inqiroz masalalari muhokama qilinmoqda.