Yevropol rahbari Britaniya YeIdan chiqsa nima bo‘lishini aytdi

© AFP 2023 / GERARD CERLESYeI a’zo-mamlakatlar bayrog‘i
YeI a’zo-mamlakatlar bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britaniyaning YeIdan chiqishi xalqaro politsiya hamkorligi va razvedka ma’lumotlari bilan almashuvni xavf ostiga qo‘yadi, bu esa bevosita Yevropa xavfsizligiga zarba beradi, deb ta’kidlamoqda Robert Ueynrayt.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Yevropol rahbari Robert Ueynrayt Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi, xavfsizlikka zarba berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Kerri: AQSh Buyuk Britaniya YeI tarkibida qolishidan manfaatdor

"Agar siz bugun Britaniya tayanchi bo‘lgan xalqaro politsiya hamkorligi va razvedka ma’lumotlari bilan almashuv asosini xavf ostiga qo‘yadigan bo‘lsangiz, bu o‘ta ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin”, — dedi u Reyter agentligiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish niyatida. Shu masalani hal qilish uchun, Buyuk Britaniyada 23-iyunda umumxalq referendumi o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0