Rossiyada oltita avtomobil zavodi yopilishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tish"Jeneral Motors" zavod konveyeri
Jeneral Motors zavod konveyeri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil sotiladigan avtomobillar hajmi 1,9 mln donani tashkil qilishi kutilmoqda. Ekspertlar fikriga ko‘ra, buning sababi - neft narxining tushib ketishi va milliy valyutaning qadri pastligi.

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Rossiyada, talab kamligi tufayli, uchtadan oltitagacha avtomobil ishlab chiqarish zavodlari yopilishi mumkin, RIA Novosti “Vedomosti” xabariga asosan.

BCG konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2012-yilda Rossiyada avtomobil sotish bo‘yicha rekord o‘rnatilgan edi. O‘shanda rossiyaliklar 2,8  mln dona avtomobil sotib olishgan. Undan keyingi yillarda esa avtomobil savdosi kamayib ketgan edi. Bugun avtomobil zavodlari yetarlicha buyurtmalar olmagan va to‘xtab qolmoqda.   

“Yangi zamonda, eng yaxshi strategiya <…> bozor qayta tiklanishini kutib o‘tirmasdan, ishlatilmagan sanoat quvvatini qisqartirish yoki boshqa tomonga yo‘naltirish kerak”, — deb hisoblaydi tahlil mualliflaridan biri BCG katta hamkori Vladislav Butenko.

Oldingi bashoratlarga ko‘ra, 2015-yilda 1,5 milion avtomobilni tashkil qilgan Rossiya avtomobil bozori hajmi 2020-yillarga kelib 3,5 – 4,5 milliontaga yetishi kerak edi. 

RAVON avtomobil brendi taqdimoti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada GM Uzbekistan avtomobillari savdosi 2 baravar kamaydi

Bu yilgi savdo hajmi 1,9 mln donani tashkil qilishi kutilmoqda. Ekspertlar fikriga ko‘ra, buning sababi — neft narxining tushib ketishi va milliy valyutaning qadri pastligi.

BCG fikriga ko‘ra, ushbu inqiroz Rossiyada uzoq muddali rejalarga ega bo‘lmagan ishlab chiqaruvchilar, BRIK mamlakatlariga avtomobil sotishni mo‘ljallagan va yaqinda ochilgan avto zavodlar faoliyati tahdid ostida qolmoqda.

O‘tgan yili Uzoq Sharq hududida AQSh GM kompaniyasi SsangYong va Toyota Land Cruiser Prado avtomobillari ishlab chiqarishni to‘xtatgan edi.

Bu albatta BCG tahlilchilarining xususiy fikridir. "VTB Kapital" analitiki Vladimir Bespalov bunga qo‘shilmaydi. Ekspert fikriga ko‘ra, yaqin bir-ikki yil ichida kompaniyalar hozircha xodimlar sonini va boshqa xarajatlarni kamaytirish yo‘lidan boradi.

Rossiya bayrog‘i kuni - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada avtomobillar savdosi 20% ga qisqardi

Rossiya Sanoat vazirligi ham BCG tahlilchilarining fikrini xomxayol deb hisoblaydi. Ular avtomobil bozori qisqa muddat ichida qayta tiklanishi mumkin va mamlakat avtosanoatni eksport hisobidan saqlab qolish mumkin.

Hyundai Motor Manufacturing Rus kompaniyasi vakillari fikriga ko‘ra, korxona to‘liq quvvat bilan ishlamoqda va ishlab chiqarish hajmini kamaytirishni rejalashtirmagan, lekin eksportni rivojlantirish rejasi ham yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0