TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Rossiya bozorida 2015-yilning yanvardan noyabrgacha 18,7 ming dona GM Uzbekistan ishlab chiqargan avtomobil sotildi. 2014-yilning mazkur davrida 35,3 ming dona avtomobil sotilgan edi, Yevropa Biznesi assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra.
“O‘tgan yilning noyabr oyida rublning narxi (chet el valyutalariga qaraganda, prim red.) keskin tushib ketgan edi. (Ma’lumki, avtosalonlar ham o‘z narxlarini yangi kursga binon qayta hisoblab chiqadilar. Lekin bunga bir necha kun vaqt kerak, prim. red.) Xaridorlar, avtomobillar narxi yangi kurs bo‘yicha qayta hisoblanmasdan, sotib olish maqsadida avtosalonlarga “hujum” uyushtirgan edi va avtomobillar savdosi bir nech kun davomida keskin oshib ketgan edi”, — deydi Yevropa Avtomobil ishlab chiqaruvchilari qo‘mitasi raisi Yorg Shrayber.
Umuman Rossiya bo‘yicha yangi avtomobillar savdosi oxirgi oyda 43% ga kamaydi, son hisobida 131,57 mnga dona. Avtomobillar savdosi bo‘yicha birinchi o‘rinda Lada — 21, 58 ming dona (o‘tgan yilga qaraganda kamayishi —29%), Hyundai – 15,1 ming dona (kamayish — 7%), KIA — 14,1 ming dona (kamayish — 32%), Renault — 10,3 ming dona, (kamayish — 46%) va Toyota — 7,6 ming avtomobil (kamayish — 53%).
Faqatgina Lada ninng savdo ko‘rsatkichlari biroz yaxshilangan. Bunga 24-noyabrda Lada Vestaning savdoga chiqishi sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Oy oxirigacha 1,7 dona Lada Vesta sotildi.