Toyib Erdo‘g‘onning o‘g‘li – Bilol Erdo‘g‘on ustidan Italiyada tergov ishlari boshlandi

© OZAN KOSE / AFPToyib Erdo‘g‘onning o‘g‘li - Bilol Erdo‘g‘on.
Toyib Erdo‘g‘onning o‘g‘li - Bilol Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erdo‘g‘onning siyosiy dushmani tomonidan berilgan arizaga Bilol Erdo‘g‘on va uning otasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mahfiy telefon qo‘ng‘irog‘i stenogrammasi ham ilova qilingan. Suhbat davomida ota-bola “uyda chang bosib yotgan millionlab yevrodan qanday qutilishni” muhokama qilishgan.

TOShKENT, 19 fev — Sputnik, Nataliya Shmakova. Turkiya prezidentining o‘g‘li — Bilol Erdo‘g‘on ustidan Bolonya(Italiya) shahri prokuraturasi jinoiy ish qo‘zg‘adi. Bilol noqonuniy yo‘l bilan topilgan pullarni yuvishda ayblanmoqda, RIA Novosti xabari asosida.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: “Turkiya vijdonini yo‘qotgani yo‘q”

O‘ttiz besh yoshli Bilol Erdo‘g‘on hozirda Italiyaning Jons Xopkins nomidagi universitetida doktorlik dissertatsiyasini yozayotgani bois, o‘tgan yildan buyon rafiqasi va ikki farzandi bilan Bolonyada istiqomat qilib keladi. Bilolga qarshi ish – Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘onning siyosiy dushmani, hozirda Fransiyada istiqomat qiluvchi Murod Xoqon O‘zan tomonidan berilgan ariza asosida qo‘zg‘atilgan.

To‘rt sahifadan iborat hujjatda, Bilol Erdo‘g‘on — 2013-yil dekabrda Turkiyada katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan poraxo‘rlik bilan bog‘liq mojarolarning bosh “qahramoni” bo‘lgani ta’kidlanadi.

Arizaga, shuningdek, ota va o‘g‘il o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon qo‘ng‘irog‘i stenogrammasi ham ilova qilingan. Unga ko‘ra, suhbat davomida Toyib va Bilol Erdo‘g‘on “uyda naqd yotgan millionlab yevrodan qanday qutilishni” muhokama qilishgan. Gap, Bilol izmida bo‘lgan 30 million yevro haqida borayotgani ta’kidlanmoqda.

Suriya hududida noqonuniy neft mahsulotlari savdosi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiya DAIShdan neft sotib olganini isbotladi

"Bilol Erdo‘g‘on Italiyaga bir to‘da qurollangan tan soqchilari qurshovida tashrif buyurdi. Ammo davlat organlari xodimlari tan soqchilarga mamlakat hududiga kirishga ruxsat bermadilar. Shundan so‘ng, bir necha soat ichida, tan soqchilarga Turkiyadan turk diplomatlari pasportlari berib yuborildi. Xullas, endi, Bilol Erdo‘g‘onning tan soqchilari Italiyadagi turk diplomatlari hisoblanadi”, — deb ta’kidladi Murod Hoqon va Bolonya sudidan Turkiya prezidenti o‘g‘liga qarshi jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni yuvish moddasi bo‘yicha ish ochishni so‘radi.

Yangiliklar lentasi
0