TOShKENT, 3-maya — Sputnik. “Veteran” O‘zbekiston baynalminal jangchilari birlashmasi 9-may – Xotira va qadrlash kunida Toshkentda “Birodarlar qabri” majmuasiga gullar qo‘yish marosimi o‘tkazadi, deb xabar berdi jurnalistlarga uyushma raisi Talad Muradov.
O‘zbekistonda 9-may bayrami 1999-yildan boshlayu Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadi.
“Nuroniy” jamoat fondi ma’luotiga ko‘ra, bugun respublikada uch mingdan ziyod Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va 70 mingdan ortiq mehnat fronti qatnashchilari yashaydi. Ikkinchi Jahon urushida O‘zbekistondan umumiy hisobda 1,4 mln kishi qatnashgan. Ulardan 400 mingdan ortig‘i qurbon bo‘lgan, 130 mingi daraksiz yo‘qolgan. O‘sha paytlarda respublika aholisi 6,5 mln kishi bo‘lganligini esga olsak g‘ bu ulkar raqamlar. Aholining 23% urushda qatnashib ulardan 8 % qurbon bo‘lgan yoki daraksiz yo‘qolgan.
“Toshkent shahar hokimligi bizning ruxsat so‘ragan marosimni, rejalashtirilgan barcha rasmiy tadbirlardan keyin, o‘tkazishga ruxsat berdi”, — dedi Muradov. Uning so‘zariga qaraganda tadbir “Birodarlar qabri” majmuasidagi Mangu olovga gullar qo‘yishni ko‘zda tutgan va “boshqa marosimlar rejalashtirilmagan”.
Oldinroq, Toshkentdagi “O‘lmas polk” marosimi tashkilotchilari “Veteran” uyushmasi bilan birgalikda Toshkent shahar ma’muriyatidan “Birodarlar qabri” majmuasida “O‘lmas polk” marosimi o‘tkazish haqida ruxsatnoma olganligini e’lon qilgan edi. Lekin, keyinroq hokimiyat o‘zining sahifasida “9 may kuni Toshkentda rejalashtirilgan tadbirlar ro‘yxatida “O‘lmas polk” tadbiri yo‘q” deb e’lon qildi.
Toshkent ma’muriyati xabariga ko‘ra, 9-may kuni Toshkentda bir necha tadbirlar ko‘zda tutuilgan. Ular orasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olib, ularga sovg‘alar ulashish, o‘quv maskanlarida “E’zoz”, “Ehtirom”, “Avlodlar uchrashuvi” va “Tinchlik darlari” o‘tkazish, talaba va o‘quvchilarni O‘zbekiston tarixi muzeyi, Qurolli kuchlari muzeyi, “Birodarlar qabri” majmuasiga safar tashkil qilish, shaharning bir necha joylarida konsert dasturlari tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
“Birodarlar qabri” majmuasi 1975-yilda gospital o‘rniga qurilgan edi. Toshkentda 1941 – 1945-yillarda harbiy gospital tashkil qilingan bo‘lib, uning hududida 1,5 ming urushda olgan jarohatlardan qurbon bo‘lgan soldat va ofitserlar ko‘milgan edi.