Toshkent hokimligi 9-may - Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarni e’lon qildi

Obuna bo‘lish
Hokimlik sahifasida aytilishicha, Toshkentda ushbu kun turli tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan, lekin ular orasida “o‘lmas polk” (bessmetrniy polk) tadbiri yo‘q.

TOShKENT, 3-may  - Sputnik. Toshkent shahar hokimati matbuot xizmati bu yil poytaxtda 9-may Xotira va qadrlash kuniniga bag‘ishlangan tadbirlarni e’lon qildi.

Hokimiyat xabarida aytilishiga ko‘ra – 9-mayning O‘zbekistonda ham xotira ham qadrlash kuni sifatida  nishonlashda katat ramziy ma’no bor. Ushbu kunda dunyo tinchligiga o‘z hissasini qo‘shgan yuz minglab vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish bilan birgalikda, mehr va muruvvatga muhtoj bo‘lgan kishilarni yo‘qlab qo‘yish, ularning doimo e’tiborda ekanligi eslatib qo‘yish kunidir.

Toshkent hokimiyati ushbu kunda bir qator tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirgan. Jumladan har bir tuman hokimligi o‘z hududida aniq tadbirlarni belgilab olgan.

Ular orasida, 15-aprelidan 15-maygacha 1941-1945 yillardagi urush faxriylarining uylariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olish, sovg‘alar ulashish, yashash sharoitlarini o‘rganib, kerak bo‘lganda zarur yordam choralari ko‘rsatish va bayram bilan qutlash ishlari, joylarda madaniyat, san’at va sport, adabiyot sohalarining dongdor vakillari ishtirokida uchrashuvlar va konsert dasturlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Moskvada Abadiy polk tadbiri - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 9-may kuni “O‘lmas polk” tadbiri bo‘lib o‘tadi

Ta’lim muassasalarida har yili o‘tkaziladigan “Avlodlar uchrashuvi”, “E’zoz”, “Ehtirom” kabi darslariga bu yil “Tinchlik darsi” qo‘shiladi. Ushbu darslarda ijodkorlar tomonidan tayyorlangan “Tinchlik – ulug‘ ne’mat” nomli hujjatli film namoyish etiladi. Talaba va o‘quvchi yoshlar “Xotira va qadrlash maydoni”, O‘zbekiston davlat tarix muzeyi, Qurolli kuchlar muzeyi hamda “Shahidlar xotirasi” maydonlariga  sayohatlari tashkil qilinadi.

Xotira va qadrlash kuniga bag‘io‘langan rasmiy tadbirlar “Mustaqillik maydoni”ning Xotira majmuasida rasmiy tadbirlarning bo‘lib o‘tadi.

Har bir mamlakat 9-may sanasini o‘ziga xos tarzda nishonlaydi. O‘zbekiston xalqi bu kunni tinchlik uchun kurashganlar, bu yo‘lda o‘z jonini fido etganlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatish bilan birga, nafaqat mehr-muruvvatga muhtoj, balki har bir vatandoshining qadr-qimmati, hurmatini joyiga qo‘yishdek maqsadni o‘zida mujassam etgan tabarruk kun sifatida nishonlaydi. Bu xalqimizning boshqalarga o‘xshamaydigan, o‘ziga xos va betakror xislatlarining yana bir namoyishi bo‘lsa, ajab emas, — deyilgan Hokimlik axborot xizmati xabarida.

Darhaqiqat, ba’zi internet saytlarida  nazarda tutilayotgan “O‘lmas polk” (“Bessmertniy polk”) aksiyasi  rejalashtirilayotgan tadbirlar ro‘yxatida mavjud emas, — deyilgan matbuot xizmati xabari oxirida.

Yangiliklar lentasi
0