Toshkentda 9-may kuni “O‘lmas polk” tadbiri bo‘lib o‘tadi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishMoskvada "Abadiy polk" tadbiri
Moskvada Abadiy polk tadbiri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘lmas polk tadbiri "Biz esimizdan chiqarib yubormagunimizcha, ular tirik" shiori ostida bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Bu yil 9-may Xotira va qadrlash kunida Toshkentda birinchi marta “O‘lmas polk” tadbiri bo‘lib o‘tadi, dedi Gleb Smirnov — tadbirning O‘zbekistondagi tashkilotchilaridan biri.

“Nuroniy” jamiyat fondi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda bugungi kunda 3 mingdan ortiq Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari va 70 mingga yaqin mehnat fronti faxriylari yashab kelmoqda. O‘zbekistondan urushda 1,4 million odam qatnashgan, ulardan 400 mingdan ziyodi qurbon bo‘lgan, 130 minggi daraksiz yo‘qolgan.

“Toshkentda “O‘lmas polk” tadbiri o‘tkazishga hokimiyatdan ruxsat olindi. Tadbir O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazilmoqda, biz ma’lumot to‘plashga kirishdik”, — dedi Smirnov.

Tadbir o‘tkazish tashabbuskorlari  O‘zbekiston faxriylar va nogironlar uyushmasi “Veteran” va boshqa jamoat vakillaridir.

Tadbir Toshkentda kunning birinchi yarmida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi yonida bo‘lib o‘tadi. Tadbir qatnashchilari So‘nmas olov oldiga kelib Ikkinchi Jahon urushi va boshqa urushlar qurbonlarini esga olishadi. Tashkilotchilar aytishiga qaraganda, tadbir uchun ishlatilgan barcha foto materiallar keyinchalik O‘zbekiston Qurolli kuchlari muzeyiga topshiriladi.

"Shahidlar xotirasi" majmuasi 1975-yilda, 1941-1945 yilda Toshkenta ishlagan harbiy gospital o‘rnida qurilgan. Majmua hududida urushda yaralangan va gospitalda vafot etgan 1,5 ming Sovet askar va zobitlari dafn etilgan.  

“O‘lmas polk” – bu jamoat tadbiri bo‘lib, unda qatnashchilar Ikkinchi Jahon va boshqa harbiy to‘qnashuvlarda qurbon bo‘lgan o‘z yaqinlarining suratini ko‘tarib o‘tishadi. Ushbu tadbir Rossiya va boshqa mamalkatlarda 9-may kuni  o‘tkaziladi. 2015-yilda tadbirda umumiy hisobda 12 million odam qatnashdi.

Yangiliklar lentasi
0