TOShKENT, 29 apr — Sputnik. AQSh Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishiga tish-tirnog‘i bilan qarshilik qilayotganiga ajablanmasa ham bo‘ladi, chunki Yevropa integratsiyasi* avval boshdan Amerika loyihasi bo‘lgan, deb yozadi Telegraph nashri, RIA Novosti xabari asosida.
Amerika Davlat Departamenti tomonidan maxfiylik darajasidan chiqarilgan materiallarga ko‘ra, Amerika razvedkasi o‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab, Yevropa Ittifoqi yaratilishini moliyalashtirib kelgan. Shu jumladan, 1950-yil 26-iyul sanasidagi hujjatlarning birida Yevropa parlamenti faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kampaniya haqida ma’lumot oshkor qilinadi.
"Memorandum tashabbuskori SRUdan oldin faoliyat yuritgan Strategik xizmatlar boshqarmasi bo‘lgan", deya xabar qiladi nashr.
AQSh hamisha bunda Buyuk Britaniyaga alohida e’tibor qaratgan, chunki bu mamlakatning Yevropa integratsiyasidagi ishtiroki ustuvor deb edi, deb yozadi maqola muallifi.
Chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, SRU YeI “asoschilari” bilan hamkorlik qilgan va ulardan yordamchi sifatida foydalangan. Ma’lum qilingan hujjatlarda, shuningdek, markaziy razvedka boshqarmasi(SRU) Amerikaga tobelik kamaymasligi uchun YeI asoschilariga boshqa iqtisodiy manba izlashga to‘sqinlik qilgan.
* turli mamlakatlar iqtisodiy hayotining yagona iqtisodiy siyosat asosida o‘zaro bog‘langan holda rivojlanish formasi