Medvedev: jahondagi holat fojiali, yagona Yevropa endi yo‘q

Obuna bo‘lish
Jahondagi ahvol fojiali, yagona ulkan Yevropa oldin ham bo‘lmagan edi, hozir ham yo‘q, Yevropa Ittifoqi va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar darz ketgan, Ukraina — fuqarolar urushi iskanjasida, deb ta’kidlamoqda ossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Jahondagi ahvol fojiali, yagona ulkan Yevropa oldin ham bo‘lmagan edi, hozir ham yo‘q, Yevropa Ittifoqi va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar darz ketgan, Ukraina — fuqarolar urushi iskanjasida, Yaqin Sharqda ham mojarolar tobora jiddiy tus olmoqda, migratsiya inqirozi o‘zining eng xavfli nuqtasiga yetib keldi, deb ta’kidladi shanba kuni Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev xavfsizlik bo‘yicha Munxenda o‘tgan anjumanda so‘zlagan nutqi davomida.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik O‘zbekiston
Putin Obama so‘zlari borasida: boshqa davlatlar haqida kamsitib gapirish – xato

“Anjumanga kelish oldidan men prezident Vladimir Putin bilan uchrashdim. Vladimir Vladimirovich bilan uning 2007-yil Munxendagi chiqishini muhokama qildik. O‘shanda Putin ideologik qoliplar, ikki yoqlama standartlar xalqaro munosabatlardagi ziddiyatni bartaraf etishga yordam bermasligi,  aksincha, tobora kuchaytirishi, xalqaro hamjamiyat buning natijasida muhim siyosiy qarorlarni qabul qila olmaydigan holatga kelib qolishi, uning bu borada imkoniyati tobora chelanib boraverishi haqida gapirgan”, — dedi Medvedev.

Bosh vazir o‘sha vaqtda voqealar bo‘rttirib ko‘rsatilmaganmidi degan savolni o‘rtaga tashladi. “Afsus, shuni aytishim lozim, 2007-yildan buyon voqealar rivoji yanada jiddiy tus oldi. Shu kechayu-kunduzda ahvol fojia yoqasiga kelib qoldi. Yagona ulkan Yevropa bundan oldin bo‘lmagani kabi, hozir ham mavjud emas, bizning iqtisodiyot, umuman, dunyo bo‘yicha iqtisodiyot juda sust rivojlanmoqda. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlarida mojarolar xavfli tus olmoqda, migratsiya inqirozi o‘zining eng baland cho‘qqisiga yetdi. Yevropa Ittifoqi va Rossiya munosabatlari darz ketdi, Ukrainada fuqarolar urushi alanga oldi”, — deb ta’kidladi Bosh vazir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 12-14 fevral kunlari Munxenda xavfsizlik bo‘yicha an’anaviy anjuman o‘tkazilmoqda. Bu yil anjuman ishtirokchilari o‘rtasida Suriyadagi urush va migratsiyaga oid inqiroz masalalari muhokama qilinmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0