Buyuk Britaniyada Obamaga “har ishga burun suqmaslikni” maslahat berishdi

© REUTERS / Carlos BarriaBarak Obama. AQSh prezidenti
Barak Obama. AQSh prezidenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqmaslikka chaqirgani uchun bir qator britaniyalik siyosatchilar Barak Obamani ikkiyuzlamachilikda ayblashdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa hatto, AQShni Britaniya imperiyasi saltanati tarkibiga qaytarishni taklif qilishmoqda.

TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Buyuk Britaniyada Barak Obamaning mamlakat Yevropa Ittifoqi tarkibida bo‘lishi zarurligi haqidagi bayonotini qahr-g‘azab bilan kutib olishdi, deya xabar qiladi RIA Novosti.

Kerri: AQSh Buyuk Britaniya YeI tarkibida qolishidan manfaatdor

Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi tarafdori bo‘lganlar esa Barak Obamani tanqidlarga ko‘mib tashlashdi. Shu jumladan, UKIP partiyasi yetakchisi Nayjel Faraj Reyter agentligiga Barak Obama "har bir ishga burun suqmasligi lozimligi” haqida gapirdi. "Bu zo‘ravonlarcha suqilishdan boshqasi emas. U Vashingtondan chiqmasa, foydaliroq bo‘lardi", — dedi siyostachi FoxNews telekanaliga.

London meri Boris Jonson esa The Sun nashriga Vashingtonning “ikkiyuzlamachiligi” haqida bayonot qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Britaniyani “demokratiyaning bir qismini o‘zgalar nazoratiga topshirishga chaqirmoqda”.

“Obama, aytganimni qil, qilganimni qilma” kabilida ish tutmoqda, deb ta’kidladi Jonson.

YeI a’zo-mamlakatlar bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Yevropol rahbari Britaniya YeIdan chiqsa nima bo‘lishini aytdi

CNN telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Obama, shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari nafratiga duchor bo‘lgan. Ular AQSh prezidentini “chaqirilmagan maslahatchi”, deb atab, AQShni Britaniya imperiyasi tarkibiga qaytarish haqida taklif bildirganlar. Shuningdek, Britaniyaning YeI tarkibida qolishi tarafdorlari bo‘lganlar ham Obamaning homiylarga xos ohangi ularga manzur bo‘lmagani haqida gapirishgan.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyaning YeIga a’zoligi masalasi yuzasidan referendum joriy yilning 23-iyun sanasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0