Rossiya migrantlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi

© Sputnik / Aleksandr Utkin / Mediabankka o‘tishFMS noqonuniy migrantlarni qo‘lga oldi
FMS noqonuniy migrantlarni qo‘lga oldi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Rossiyaga migrantlar "oqib" kelayotganining ajablanarli tomoni yo‘q, ular topayotgan pul ba’zi bir davlatlar uchun "budjet ko‘rsatkichi" bo‘lib xizmat qiladi", deb ta’kidladi Rossiya Davlat Dumasi deputati Mixail Starshinov.

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Dunyoda migrantlar eng ko‘p qayd etilgan davlatlar uchligida Rossiya uchinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinni – AQSh, ikkinchi o‘rinda esa Germaniya egallagan, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot bayonoti asosida.

FMS reydi. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada noqonuniy migrantlarga "ov" boshlandi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ayni vaqtda Rossiyada istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari soni 11,9 millionni tashkil etadi. AQShda bu ko‘rsatkich – 46 million, Germaniyada esa – 12 milliondir.

Rossiya Davlat Dumasi Millatlar masalalari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Mixail Starshinov Sputnik radiosi efirida Rossiya migrantlar uchun eng sevimli va qulay joy bo‘lib qolayotganiga ajablanmasa ham bo‘ladi, deya ta’kidladi.

"Yaqindagina migrantlar soni 11 millionligi aytilgan edi, inqirozga qaramay, bu ko‘rsatkich bir oz ortgani guvohi bo‘lib turibmiz. Ammo, fikrimcha, bunga ajablanmasa ham bo‘ladi. Migrantlarning aksariyat qismini O‘rta Osiyoliklar tashkil qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ularning deyarli barchasi ixtisosga ega emas. Rossiyada migrantlar topayotgan pul ba’zi bir davlatlar uchun “budjet ko‘rsatkichi” bo‘lib xizmat qiladi", dedi Mixail Starshinov.

Bundan bir kun oldin Dumada chiqish qilgan Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Yevropaga migrantlar oqimi jadallashuvi tufayli migratsiya qonunchiligini yanada kuchaytirishni taklif qilgan edi.

Mixail Starshinovning fikricha, migrantlar masalasida Rossiya o‘z milliy manfaatidan kelib chiqqan holda ish ko‘rmog‘i kerak.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin: migratsiya masalasida nazorat kuchaytirilishi shart

“Nazarimda, shu kechayu-kunduzda bizga kim kerak, o‘sha kerakli odamlarning soni qancha bo‘lishi kerakligini yaxshi anglab olishimiz va ularni nazorat qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishimiz kerak. Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasining milliy manfaatlari murakkab vaziyatda qolgan qo‘shnilarga yordam berishdek ezgu maqsaddan-da ustun turishi lozimligini unutmasligimiz shart”, — dedi Duma deputati.

Yangiliklar lentasi
0