Rossiyada noqonuniy migrantlarga "ov" boshlandi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishFMS reydi.
FMS reydi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Migratsiya xizmati (FMS) patrullari Moskva va Moskva viloyatlarida odam gavjum transport bekatlari yaqinida navbatchilik qiladigan bo‘lishdi. FMS xodimlari migrant Rossiya hududida qonuniy yurganini tezda aniqlash imkonini beruvchi “mobil majmua”dan foydalanishlari aytilmoqda.

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Migratsiya xizmati xodimlari Moskva metropoliteni hamda Podmoskovyedagi odam gavjum transport bekatlarida navbatchilik qiladigan bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti FMS matbuot-xizmatidan olingan ma’lumot asosida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin: migratsiya masalasida nazorat kuchaytirilishi shart

Migratsiya xizmati patrullari maxsus uskunalar, ya’ni “mobil majmua” bilan ta’minlangan avtomobillardan foydalanishlari ta’kidlanmoqda. “Mobil majmua” yordamida chet el fuqarosini FMS bazasidan tekshirish, uning Rossiya hududida qonuniy yurganligini aniqlash mumkinligi xabar qilinmoqda. Avtomobillar, shuningdek, qo‘l izlarini olish imkonini beruvchi skanerlar bilan ta’minalanadi.

"Migratsiya masalalari bilan shug‘ullanuvchi patrul oldiga FMS rahbariyati tomonidan qo‘yilgan ustuvor vazifalardan biri – bu migrantlarga Rossiya qonunchiligi normalarini to‘liq tushuntirish. Bu — yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklar oldi olinishi uchun amalga oshirilmoqda. Tadbir o‘tkazilishi davomida chet el fuqarolarida migratsiya xizmati xodimlari bilan bevosita muloqot qilish imkoni paydo bo‘ladi. Migrantlar FMS xodimlaridan Moskvadagi migratsiya markazlarida patentni qanday rasmiylashtirish mumkinligi va shunga o‘xshash, o‘zlarini qiziqtiruvchi boshqa savollarni berishlari va bu savollarga to‘laqonli javob olishlari mumkin bo‘ladi", — deb xabar qilmoqda FMS xodimlari.

Yangiliklar lentasi
0