TOShKENT, 21 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obamani Saudiya Arabistonida sovuq kutib olishdi. Qirol Salman ibn Abdul-Aziz al-Saud AQSh prezidentini aeroportda shaxsan kutib olmadi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Ekspertlar ta’kidlashicha, Saudiya Arabistoni bir necha yil oldin Djordj Bushni ham shunday sovuq kutib olishgan edi.
“Obama Saudiya Arabistonini naqadar qattiq ranjitgani, bugun ma’lum bo‘ldi. Uni juda sovuq kutib olishdi”, — deb yozdi Der Spiegel jurnali.
Gulf Research Center tahlilchisi Mustafa Alanining fikricha AQSh prezidentini kutib olishda yuqori lavozimli shaxslarning yo‘qligi bu Saudiya Arabistoning AQSh prezidentiga ishonmaslik belgisidir.
“Saudiyaliklar va AQShning oldingi prezidenti o‘rtasida ham bir necha tushunmovchiliklar bor edi, lekin bu safa ular o‘z va’dalarini bajarmagan AQSh prezidentiga mutlaq ishonmasliklarini namoyish qilishdi”, — dedi Alani.
Saudiya va AQSh o‘rtasida bir necha o‘zaro ayblovlar bor. AQSh kongressida oxirgi vaqtlarda Saudiya Arabistoni ko‘p marotaba tanqid qilindi. Siyosatchilar Ar-Riyodga qurol sotishni ta’qiqlash va mamlkatni 11-sentabr teraktlariga aloqadorlikda ayblashdi. Bunga javoban Saudiya Arabistoni AQSh iqtisodini kasodga uchratish bilan po‘pisa qilgan edi.